Iqtisodiy bilim asoslari


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’yektiv asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə171/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

4.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob’yektiv asoslari.


Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali shakllarini ko‘rsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik, dirijistlik yo‘nalishi kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Erta neoliberalizm (1950-1960 yillar) vakillari V.Repke va M.Alle to‘liq integratsiya deganda bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining tashkil etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali kuchlari amal qilib, davlat siyosati unga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Bu olimlarning fikricha, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning aralashuvi inflyasiya, xalqaro savdo va to‘lov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi asosidagi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi erta neoliberallarning fikrining asossiz ekanligini ko‘rsatdi. SHunga ko‘ra, keyingi neoliberalizm vakili B.Balass iqtisodiy integratsiya davlatning iqtisodiy hayotdagi ishtirokining faollashuviga olib kelishini tadqiq etdi.
Korporatsionalizm (namoyandalari S.Rolf, YU.Rostou) XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lib, bozor mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solishga qarama-qarshi holda transmilliy korporatsiyalarning faoliyat ko‘rsatishi xalqaro iqtisodiyotning integratsiyalashuvini, uning ratsional va muvozanatli rivojlanishini ta’minlashga qodirligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari surdi.
Strukturalizm (asosiy vakili G.Myurdal) yo‘nalishi tarafdorlari tovarlar, kapital va ishchi kuchi harakatining to‘la liberallashuvi g‘oyasiga qarshi chiqib, bozor mexanizmining erkin amal qilishi ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashuvida ma’lum nomutanosibliklarni, daromadlardagi tengsizlikning chuqurlashuvini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydilar. Bu oqim vakillari iqtisodiy integratsiyaga integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarning chuqur jarayoni sifatida qarab, buning natijasida sifat jihatidan yangi integratsiyalashgan makon, nisbatan takomillashgan xo‘jalik organizmi paydo bo‘lishini ta’kidlaganlar.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin