Iqtisodiy bilim asoslari


Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to‘liq jismoniy nazorat o‘rnatish huquqi. Foydalanish



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə25/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to‘liq jismoniy nazorat o‘rnatish huquqi.

  • Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o‘zi uchun qo‘llash huquqi.

  • Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo‘sinda ta’minlashini hal etish huquqi.

  • Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi.

  • Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o‘zgartirish yoki yo‘k qilish huquqi.

  • Хavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni ekspropriatsiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi.

  • Ne’matni merosga berish huquqi.

  • Ne’matga ega bo‘lishning muddatsizligi huquqi.

  • Ne’matdan tashqi muhitga zarar yetkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi.

  • Qarz uchun to‘lov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to‘lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo‘llash huquqi.

  • Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlarni tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalarning amal qilishi huquqi.



    Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.
    Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo‘lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk ob’ekti bo‘lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb ta’kidlanadi.
    Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o‘z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy tomorqa xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi.
    Shu sababli «O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
    Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo‘lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish demakdir. U asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
    1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;
    2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
    O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig’i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

    Yüklə 4,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   254




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin