Iqtisodiy bilim asoslari


Korxona miqyosidagi material sig’imi



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə79/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Korxona miqyosidagi material sig’imi (Msig’.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:
.
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig’imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir.
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog’liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog’i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag’lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsiyenti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsiyent bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag’larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni: .
Agar bir yilda aylanma mablag’larning o‘rtacha yillik miqdori 10 mln. so‘m bo‘lganida 60 mln. so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lsa, aylanish koeffitsiyenti 6 ni (n=60/10) tashkil qiladi. Aylanma mablag’lar 6 marta aylanib, bir aylanish davri 60 kundan (360/6) iborat bo‘ladi.
Aylanma mablag’lar tezligini oshirish ularga bo‘lgan talabni kamaytirdi. Masalan, yuqoridagi misolda aylanish soni 6 dan 8 ga (n=360/45) o‘zgarsa, aylanma mablag’larga bo‘lgan ehtiyoj 10 million so‘m o‘rniga, 7,5 mln. so‘mni tashkil etadi ((60x4)/360).
Binobarin, aylanma mablag’larning aylanishini 15 kunga tezlatish 2,5 mln. so‘mlik aylanma mablag’larni bo‘shatib beradi va korxona aylanma mablag’larining o‘sha summasida mahsulot chiqarishni 20 mln. so‘mga ko‘paytirishni [(8x10)-60] ta’minlaydi.
Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.

Тakrorlash uchun savollar va topshiriqlar:





  1. Тadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering.

  2. Тadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating.

  3. Nima uchun tadbirkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi?

  4. Тadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat?

  5. Тadbirkorlikning qanday shakllari mavjud?

  6. Hissadorlik jamiyatiga ta’rif bering.

  7. Тadbirkorlik kapitali nima?

  8. Тadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi?

  9. Kapitalning aylanishiga tavsif bering.

  10. Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi?

  11. Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo‘yicha ajratiladi?

  12. Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat?

  13. Amortizatsiya normasi qanday aniqlanadi?

  14. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi?


Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin