Iqtisodiy bilim asoslari


Mehnatning ixtisoslashuvi



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə83/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxona ko‘lamining o‘sib borishi bilan foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoni kengayib boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o‘rtasida borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 tadan turli operatsiyalarni bajarish o‘rniga endilikda har bir ishchi bitta-yagona topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining malakasiga ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi.
2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning yirik miqyoslari shuningdek boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Pirovardida bu holat samaradorlikning oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi.
3. Kapitaldan samarali foydalanish. Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari yig’ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, ba’zi bir hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin.
4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. Go‘shtni qadoqlash bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan yelim, o‘g’itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlaydiki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi.
Salbiy miqyos samarasi. Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin. Bunday holat ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish chog’ida vujudga keluvchi ma’lum boshqaruv qiyinchiliklari bilan bog’liq.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin