Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə86/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati.
Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
,
bu yerda: VP - real ish haqi ; VH - nominal ish haqi ; R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.


4. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasb-korlikka o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi.


Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo‘lmagan paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi.
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to‘g’ri ishbay tizimi bo‘yicha haq to‘lanadi. Bunda ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin