Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə89/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».1
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi.


2. Ijara haqi va renta munosabatlari.

Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Тyurgolarning ilmiy asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo‘shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo‘shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko‘rsatishga harakat qilganlar.


Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: mutloq (absolyut) yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi:
Birinchidan, samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi.
Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi.
Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin