Iqtisodiy bilim asoslari


Iqtisodiy sikl nazariyalari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə130/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Iqtisodiy sikl nazariyalari.


Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1400 ga yaqin turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 18-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.


18-jadval
Iqtisodiy sikllarning asosiy turlari



Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zahiralar miqdori  YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl  YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad  immigratsiya  uy-joy qurilishi  yalpi talab  daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Тexnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Тoffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi



  1. Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari.




Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi.
Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi.
Iqtisodiy inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo‘lgan.
Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Хo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin