Iqtisodiy bilim asoslari


Pul-kredit sohasidagi inqiroz



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə131/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.
Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib ketadi. Bankda valyuta zahirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Тarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo‘jalikni biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.
Тarkibiy inqirozlar. Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko‘rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Agrar inqiroz. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ularning qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo‘lmay, qisqa muddat davom etadi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin