Iqtisodiy bilim asoslari


Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə134/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar.




Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat va tadbirkorlar o‘rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo‘yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimidir.
Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o‘ziga xos tovari bo‘lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to‘g’risida to‘xtalib o‘tish zarur.
Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o‘sishi; mehnat intensivligining oshishi; o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchi bozori o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Birinchidan, ishchi kuchi bozori bozor iqtisodiyoti ikkita mustaqil sub’ekti – kapital egasi va ishchi kuchi egasining uchrashish joyi hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o‘zi bo‘yicha emas, balki u mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo‘yicha boradi.
Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo‘lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.
Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan yalpi talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi Bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Тo‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro bog’liqlik mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to‘lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi.
Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflyatsiyaning o‘sishi uchun asosiy sabab bo‘lishi ham, yoki, aksincha, uning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo‘lsa, narxlarning inflyatsiya ta’siri ostidagi o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi o‘rtasidagi bog’liqlikni ko‘rsatib berib, bu bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq Filips egri chizig’i deb nom oldi (35-chizma). Unga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi.


W, P,%
W – nominal ish haqining o‘sish sur’ati;
P – inflyatsiya darajasi;
U – ishsizlik darajasi.
U,%

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin