Iqtisodiy bilim asoslari


-chizma. Fillips egri chizig’i



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə135/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

35-chizma. Fillips egri chizig’i

Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining oldini olishi ham lozim.


Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin tutib, bozor iqtisodiyoti tizimida uning roli bajaradigan ikkita vazifasi orqali belgilanadi.
Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo‘lmagan ishchi kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog’liq.
Ikkinchi vazifasi esa yalpi ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.
  1. Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risida turli xil nazariyalar.


Neoklassik maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi va unga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgaradi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.
Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog’liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Davlat yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o‘sishi hamda ishsizlikning qisqarishi ro‘y beradi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin