Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə138/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Siklik ishsizlikiqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. O‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Shu tariqa iqtisodiyotda siklik ishsizlik deb nomlanuvchi ishsizlar guruhi paydo bo‘ladi. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi.
Institutsional ishsizlikni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin. Ishsizlikning bu turi ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Jumladan, mehnat birjalari faoliyatining samarali tashkil etilmasligi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif nisbatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ishsizlikning ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin.
Тexnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bog’liq bo‘ladi. Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo‘llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy–ruhiy xususiyatdagi bir qator majmuiy omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band bo‘lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo‘ladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin