Iqtisodiy faoliyat va uning turlari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə4/22
tarix26.07.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#137509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
iqtisodiy faoliyat

Moddiy ishlab chiqarish - aniq moddiy shaklga ega mahsulotlar - iste’mol buyumlari, turlituman uskuna, mashina, xom ashyo va boshqalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarish odatda sanoat, qurilish, qishloq va o’rmon xo’jaligi kabilardan tashkil topadi.
Nomoddiy ishlab chiqarish moddiy bo’lmagan ne’matlar, ma’naviy, axloqiy qadriyatlar, chunonchi, madaniyat, san’at, ilmiy, ma’naviy asarlar yaratishni o’z ichiga oladi.
Hozirgi zamon ishlab chiharishida xizmat ko’rsatish sohasi alohida o’rin tutadi. Xizmat ko’rsatish ikki turga - moddiy va nomoddiy xizmat ko’rsatishga bo’linadi.
Birinchisiga yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa, savdo, uy-joy, kommunal xizmati, maishiy xizmat ko’rsatish kiritilsa, ikkinchi guruhga - maorif, sog’liqni saqlash, sanoat, ijtimoiy ta’minot, moliyaviy, axborot, yuridik xizmat ko’rsatish va hokazolar kiradi.
Xozirgi paytda zamonaviy ishlab chiqarish tarkibida infrastruktura alohida ajratib ko’rsatiladi.
Infrastruktura normal tarzda ishlab chiqarish va odamlarning hayot kechirishini ta’minlovchi sohalardan iborat.
Infrastruktura ishlab chiqarish, sotsial, bozor infrastrukturasidan iborat bo’lib, ishlab chiqarish infrastrukturasiga yo’llar qurish va uning ekspluatatsiyasi, kanallar, portlar, ko’prik, aeroport, omborxona, energiya uzatish tarmoqlari, suv ta’minoti, kanalizatsiya (oqava tarmoqlari) va boshqalarni qurish va uning xizmat qilishini ta’minlash sohalari kiradi.
Sotsial infrastrukturaga maorif, madaniyat, kadrlar tayyorlash, sog’ni saqlash va boshqalar kiradi.
Bozor infrastrukturasiga bozorlar, bank, xom ashyo, fond birjalari ... va hokazo kiradi (V bob).
Infrastruktura barcha ishlab chiqarish va insonlarning hayot kechirish jarayonini bir butun qilib bog’laydi.
Moddiy ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, nomoddiy sohaning ham rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, moddiy sohaning rivojlanishi, unda unumdorlikning o’sishi natijasida bo’sh ish kuchi yuzaga keladi. Bu nomoddiy sohani qo’shimcha ish kuchi va moddiy resurslar bilan ta’minlash imkonini vujudga keltiradi.
Xozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarish sohasida unumdorlik yuqori bo’lgani tufayli iqtisodiy faol aholining 30-50% i shu sohalarda band.
Ishlab chiqarishdan maqsad iste’mol, lekin bozor xo’jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqarishda bevosita maqsad mos kelmasligi mumkin. Ya’ni pirovard maqsad iste’mol qilib, ehtiyojni qondirish bo’lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarini qoplab foyda olishdir. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinmay, bozorda ayirboshlanadi, ya’ni sotiladi.
Ayirboshlash jarayonida mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Ayirboshlash moddiy ne’mat va xizmatlarning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tish jarayonini bildiradi. Tarixan olib qarasak, ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash shaklida yuz beradi.
Bir mahsulotni bevosita boshqa mahsulotga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlash barter deyiladi. Bunday ayirboshlash qulay emas. Bunday ayirboshlash kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida qo’llanilgan.
Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi, rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash amal qiladi.
Bir mahsulotni ikkinchisiga pul vositasida, ma’lum narx asosida, ya’ni oldi-sotdi yo’li bilan ayirboshlash— tovar ayirboshlash deyiladi. Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu pulga xohlagan boshqa tovar almashtiriladi. U universal ayirboshlash, shuning uchun ham tovar ayirboshlash, oldi-sotdi, ayirboshlashning eng qulay va yuksak shakli tarzida tan olinadi.
Xozirgi paytda neoklassik yo’nalish vakillari ayirboshlashning unumli ekani, uning jamiyat boyligi ko’payishiga ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydilar.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin