Iqtisodiy faoliyat va uning turlari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə3/22
tarix26.07.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#137509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
iqtisodiy faoliyat

Industrial bosqich quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
• iqtisodiyotda asosiy rolni mashinalashgan sanoat ishlab chiqarishi o‘ynaydi;
• sanoat boshqa muhim tarmoqlar (qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport)ni ham qayta qurishga olib keladi;
• aholining asosiy qismi industrial tarmoqda band bo‘ladi;
• mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ro‘y berib, ko‘plab yangi tarmoqlar vujudga keladi.
Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil qilishning murakkab shakli tovar ishlab chiqarish rivojlanadi;
• aholi urbanizatsiya (urbahis — shahar)si ro‘y beradi.
Aholining asosiy qismi shaharlarda yashay boshlaydi;
• ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli tuman ehtiyojlarni qondirish uchun yo‘l ochadi.
Ikkinchi «demografik portlash» iqtisodiyotning industrlashtirilishi bilan bog’liq. 1650-1974-yillarda aholi 7 marta ko‘paydi (1650-yili planetamizda 650 mln. kishi yashagan). Dunyo aholisi ayniqsa keyingi 50 yil ichida tez sur’atlar bilan ko‘paydi.
Buning natijasida ehtiyojlarni qondirish bilan cheklangan ishlab chiqarish imkoniyatlari o’rtasida qarama-qarshilik kuchayib bordi. Bu qarama-qarshilik 50- yillarda ro’y bergan fantexnika inqilobi natijasida echilmoqda. U xo’jalik rivojlanishi uchun kelajakda nihoyatda katta imkoniyatlar yaratadi.
Postindustrial bosqich quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
• iqtisodiyotning muhim sferasi — xizmat ko’rsatish nihoyatda tez rivojlanadi. Unda ishlovchilarning 50-70% band bo’ladi;
• fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan yutuqlari natijasida ishlab chiqarishda, tabiatda mavjud bo’lmagan mahsulotlar yaratiladi;
• xo’jalikning barcha tarmoqlarida va maishiy maqsadlarda informatika va hozirgi zamon hisoblash texnikasi yutuqlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy va aqliy mehnatni ham avtomatlashtirish kuchayadi;
• korxonalarda ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislarning roli tezlik bilan oshib boradi;
• barcha turdagi resurslarni iqtisod qiladigan, mahsulotni yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyaga o’tish amalga oshadi;
• barcha kishilarning eng zarur ehtiyojlarini to’la qondirishni ta’minlash, yuqori darajadagi ehtiyojlarni kengaytirish imkoniyatlariga ega bo’linadi.
Shunday qilib, uzoq davom etgan tarixiy iqtisodiy taraqqiyot natijasida hozirgi zamon ishlab chiqarishi shakllandi. Bir vaqtlar, hatto yaqin o’tmishdagi ishlab chiqarishni hozirgi payt bilan taqqoslaganda ham inson aql-zakovati erishgan yutuqlardan hayratlanmay iloji yo’q.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin