Iqtisodiy indekslar


Indeks bu murakkab iqtisodiy ko`rsatkich bo`lib, o`rtacha, nisbiy va mutlaq o`zgarishlarni bir yo`la ifodalaydi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/21
tarix13.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#51229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
5 мавзу Iqtisodiy indekslar

Indeks bu murakkab iqtisodiy ko`rsatkich bo`lib, o`rtacha, nisbiy va mutlaq o`zgarishlarni bir yo`la ifodalaydi.

Demak, indekslar murakkab iqtisodiy ko`rsatkichdir, tabiatan u nisbiy, o`rtacha va mutlaq miqdorlarni o`zida birlashtiradi.

Indekslarni hisoblash natijasi odatda nisbiy miqdor shaklida ifodalansa-da, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq qiladi. Nisbiy miqdorlarda asosiy urg`u va e`tibor taqqoslanayotgan ko`rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati, predmeti, moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so`z u yoki bu jarayonda kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida boradi.

Indekslarda esa birinchi o`rinda solishtiriladigan ko`rsatkichlarni shakllantirish, ularning predmetliligi, iqtisodiy mohiyatliligini ta`minlash turadi.



Indeks – bu murakkab iqtisodiy ko`rsatkich bo`lib, iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarni taqqoslama holga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali hodisalarning o`zgarishini o`lchaydi

Indeks deganda shunday murakkab ko`rsatkich tushuniladiki, u iqtisodiy hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatiga tegishli ko`rsatkichlarini taqqoslama bir o`lchovli ko`rinishga keltirib, ular orasidagi nisbatlar orqali o`rganilayotgan hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi.

Bu ta`rifda “hodisalarning ikki yoki undan ortiq holatlariga tegishli ko`rsatkichlari” degan ibora bekorga ishlatilmagan. Gap shundaki, ikki yoki undan ortiq holatlar orasida ma`lum jarayon kechadi, indekslar esa o`sha jarayonda o`rganilayotgan hodisalar me`yorida sodir bo`lgan o`zgarishlarni ifodalaydi. Hodisa holatlari zamonda yoki fazoda (tekislikda masalan, hududlar, mamlakatlar) jihatidan yoki haqiqatda erishilgan va normalashtirilgan (rejalashtirilgan, optimallashtirilgan) darajada qaralishi mumkin. Demak, indekslar dinamik va statik jarayonlarda ro`y bergan o`zgarishlarni tavsiflaydi.

Indekslar mantiq ilmi (logika)ning sintez va analiz usullariga asoslanadi. Hodisalar to`plami yoki murakkab hodisa ayrim elementlardan, qismlardan tarkib topadi, ularning o`zgarishlari har xil me`yorlarda kechadi. Indeks usuli ularni bir butunga aylantiradi, yaxlitlashtiradi va o`rtacha o`zgarish me`yori sifatida shakllantiradi. Demak, indekslar sintezlash, umulashtirish funksiyasini bajaradi.

Shu bilan birga ular natijaviy hodisalar o`zgarishida boshqa omil-hodisalar rolini baholash, ularning hissasini aniqlash imkonini beradi, demak, indekslar analitik funksiyani ham bajaradi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin