Geometrik o`rtacha indeks Jevons indeksi deb ataladi. O`lchovdosh bo`lmagan hodisalar o`zgarishini aniqlashda qo`llash o`rinlidir.
Oddiy o`rtacha geometrik indeksni ingliz iqtisodchisi Uil`yam Stenli Jevons 1863 yilda taklif etgan.
Oddiy agregat indeks shaklida umumiy baho indeksi joriy baholar yig`indisini bazis baholar yig`indisiga bo`lishdan hosil bo`ladi: (19)
Bu indeksni frantsuz moliyachisi Sharli Dyuti 1738 yilda qo`llagan.
Aslida u yakka indekslarni bazis baholari bilan tortib olingan vaznli indeksdir:
(19)
1-jadvalga binoan
Barcha vaznsiz indekslar o`zaro bog`lanishni ifodalovchi tizimdan indekslashtirilayotgan hodisalarni ajratib, alohida olib qaraganda ular dinamikasida ko`zatiladigan sof o`zgarishlarni miqdoran baholaydi. Ular predmetlik xususiyatiga, iqtisodiy ma`noga ega. Ammo har qanday sharoitda hamma vaznsiz indeks turlaridan foydalanib bo`lmaydi. Masalan, oddiy agregat indeksni turli jinsli mahsulotlar jismoniy hajmi o`zgarishini aniqlashda qo`llab bo`lmaydi, chunki ular taqqoslamalik, umumo`lchovlik xususiyatiga ega emas. Bunday sharoitda geometrik o`rtacha indekslarni qo`llash asoslidir. Hodisalar barqarorligini aniqlash maqsadida indekslarni turli tashqi kuchlar, jumladan mavsumiy, g`ayritabiiy sharoit ta`siridan chetlanib hisoblash zaruriyati tug`ilganda geometrik o`rtacha indekslar juda qo`l keladi. Umuman vaznsiz indekslarni qisqa vaqt davomida hodisalarda kuzatiladigan o`zgarishlarni chamalash vositasi sifatida qo`llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |