O`zbekiston iste`mol baholari indekslari (2004 y.)*
|
Vazn dekabr
2004 y
|
I Chorak 2004
|
II Chorak 2004
|
III Chorak 2004
|
IV Chorak
2004
|
2004/2003
|
|
d
|
|
|
|
|
|
tovarlar jami
|
0,85544
|
97,0
|
94,8
|
99,4
|
101,4
|
98,0
|
shu jumladan
|
|
|
|
|
|
|
Oziq-ovqat
|
0,63560
|
93,6
|
90,9
|
97,4
|
100,1
|
95,3
|
nooziq-ovqat
|
0,21884
|
107,3
|
105,6
|
105,8
|
105,6
|
106,3
|
Xizmatlar
|
0,14556
|
128,4
|
125,6
|
120,4
|
122,3
|
123,6
|
Umumiy indeks
|
1,0000
|
100,7
|
98,7
|
102,6
|
104,6
|
101,61
|
Bu yerda indekslar quyidagi tartibda hisoblangan. Masalan III chorak 2004 y: a) tovarlar guruhi uchun:
b) tovar va xizmatlar uchun
Vaznli o`rtacha indekslarni tortilgan garmonik o`rtacha indeks shaklida ham tuzish mumkin:
(22) Agar vaznlar joriy davr holatida tuzilgan bo`lsa, u holda sifat ko`rsatkichlar (masalan, baholar) uchun:
Demak, sifat ko`rsatkichlar uchun joriy vaznli garmonik o`rtacha indeks joriy vaznli agregat indeksga teng. Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun ham u joriy vaznli agregat indeksga barobar,
chunki (22a)
Vaznli o`rtacha indekslar tortilgan geometrik o`rtacha shaklida ham tuzilishi mumkin2
(23)
Vaznli o`rtacha indekslar ichida amalda qo`llanishi jihatidan eng qulayi tortilgan arifmetik indekslardir. Ularning surati ham, maxraji ham iqtisodiy ma`noga, predmetlilik xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu indekslarni keng qo`llanishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.
Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari
Agregat so`zi lotincha “aggregatus” so`zidan olingan bo`lib, o`zaro biriktirish, birga qo`shish, uzviy birlashtirish degan lug`aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko`rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig`ma, to`plama ko`rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o`lchaydi.
Agregat indekslar – bu turli xil ko`rsatkichlarni umumiy o`lchovga keltirib, olingan yig`ma natijalarni taqqoslash hosilasidir.
Ana shunday ko`rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o`zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o`zgarishini ta`riflaydi.
Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko`rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat.
O`z-o`zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo`lganligi uchun ularning ko`rsatkichlarini bevosita qo`shib bo`lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o`lchovli ko`rinishga keltirish lozim, so`ngra agregat ko`rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo`shimcha ko`rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o`zgarmas miqdor bo`lishi shart. Shu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo`lishini ham aniqlaydi.
Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha yozish mumkin:
sifat ko`rsatkichlari uchun (24)
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (25)
Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog`langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko`rsatkich bajaradi. U o`zgarmas miqdor maqomida bo`lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi: miqdoriy ko`rsatkichlari uchun (26)
sifat ko`rsatkichlari uchun (27)
Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871 yilda nemis olimi E. Laspeyres asoslagan. Indekslar nazariyasida ular Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 1-jadvalga binoan,
Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari
Vaqt o`tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida kuzatiladigan o`zgarishlar to`plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta`sir etadi. Shuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko`rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi:
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (28)
sifat ko`rsatkichlari uchun (29)
Agregat indekslarni joriy vaznli qilib tuzishni 1874 yilda nemis olimi G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular Paashe indekslari deb yuritiladi.
1 jadvalga ko`ra:
Boshqa shakllardagi agregat indekslar
Laspeyres va Paashe usullari kamchiliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, ularga asoslangan indekslar amaliyotda eng ko`p tarqalgandir. Haqiqatan ham Laspeyres indekslari odatda juda soddaligi sababli keng qo`llanadi. Shu bilan birga bu usullarning kamchiliklarini hisobga olib vaznli agregat indekslar tuzishning yana bir qator muqobil yo`llari ishlab chiqilgan. Ular Laspeyres va Paashe usullarining afzal tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi va ularning qandaydir “o`rtachasi” hisoblanadi. Bular ichida Ejuart-Marshall va Fisher indekslari eng diqqatga sazovoridir. 1888 yilda ingliz iqtisodchi - matematik olimi Frensis Ejuart agregat indekslar vazni qilib bazis va joriy ko`rsatkichlar o`rtachasini olishni taklif qildi:
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (30)
sifat ko`rsatkichlari uchun (31)
Bu indekslarni boshqa ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall har taraflama tadqiq qilib, amalda ularni hisoblayotganda vazn qilib joriy va bazis davr ko`rsatkichlari yig`indisini olish ma`qulligi haqida fikr bildirdi:
Laspeyres va Paashe indekslari ko`paytmasini kvadrat ildiz ostidan chiqarish yo`li bilan aniqlanadigan o`rtacha geometrik indeks Ejuart- Marshall indekslarining muqobil variantidir. Bu indeks test nazariyasining asoschisi amerika iqtisodchi va statistik olimi Ivring Fisher tomonidan 1922 yilda taklif etilgan. U yakka indekslarga xos barcha xususiyatlarga ega va Fisherning ideal indeksi deb ataladi:
Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (32)
sifat ko`rsatkichlari uchun: (33)
1 jadvalga binoan:
Guruhiy indekslar va ularni iqtisodiyot samaradorligi ko`rsatkichlarini tahlil qilishda qo`llash O`rganilayotgan hodisalar to`plami muhim iste`mol va boshqa xususiyatlari jihatidan bir jinsli bo`lgan har xil turlardan iborat bo`lsa, ularning sifat ko`rsatkichlarini indekslashtirish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: biri joriy – va bazis davrlar uchun o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblab taqqoslash, ikkinchisi - o`zgarmas bir holatda qotgan vaznli agregat ko`rsatkichlar tuzib, ularni solishtirish. Bu usullar odatda bir-biridan farq qiladigan natijalar beradi. Birinchi usulda tuzilgan indekslar o`zgaruvchan tarkibli indekslar deb ataladi, chunki ular asosida yotgan o`rtacha ko`rsatkichlar to`plamning tuzilishiga ham bog`liq, u esa joriy va bazis davrlarda turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, o`zgaruvchan tarkibli baho indeksini olsak, u quyidagi shaklga ega:
(38)
Agar ayrim mahsulotlar turlarining umumiy to`plamdagi hissasini joriy davrda va bazis davrda belgilasak, u holda (38) formula yangicha shakl oladi:
(13.38a).
Demak, o`zgaruvchan tarkibli indeks nafaqat baho(yoki boshqa sifat ko`rsatkich) o`zgarishiga bog`liq, balki shu bilan birga unga joriy davrda to`plam tuzilishida ro`y bergan o`zgarishlar ham ta`sir qiladi. Agar yolg`iz baholar o`zgarishini aniqlamoqchi bo`lsak, u holda indeksda vazn ko`rsatkichlarni o`zgarmas, bir davr holatida qotgan holda olishimiz kerak:
Paashe usulida: (39)
Laspeyres usulida: (40) 3
O`rtacha baho (yoki boshqa sifat ko`rsatkich) o`zgarishiga ikkinchi omil-to`plam tuzilishidagi o`zgarishlar ta`sirini aniqlash uchun tuzilishdagi siljishlar ta`siri indeksini hisoblashimiz lozim:
Paashe usulida: (41)
Laspeyres usulida: (42)
Baholar va to`plam tuzilishidagi siljishlarni alohida-alohida, yolg`iz holda qarayotganda Laspeyres usulida tuzilgan indekslar ahamiyatliroqdir. Ammo ularni bog`langan tizim doirasida qaraganda baholar indeksini Paashe usulida, tarkibiy siljishlar indeksini esa Laspeyres usulida tuzish maqulroqdir.
1 jadval ma`lumotlariga asosan go`sht mahsulotlari uchun:
Dostları ilə paylaş: |