A. Lyuis modeli. U ishchi kuchi zaxirasi (rezerv)ni iqtisodiy o‘sishning asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning muallif fikricha, u “aholi zichligi yuqori, capital tanqis, haqiqiy resurslar esa chekla gan”davlatlar uchun qo‘1 keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A.Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil markaziga u tadbirkor figurasini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish omillaridan foydalanish xususida qarorlar qabul qiladi, ya’ni yer, kapital, yer xususida. Model iqtisodiyotning ikki sektorini hisobga olgan holda quriladi: agrar va sanoat sektorlari. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda past, chegaraviy mahsulot e sa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining olinishi ishlab chiqarish qisqarishiga olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida ishchilaming ish haqi yashash minimumi darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdorligi agrar sektordagidan ancha yuqori.
Shunday qilib, A.Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi. Sanoat ishlab chiqarish masshtablarini kengaytirib, o‘z ishchilarining daromadlari o‘sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko‘maklashadi. Bunda tadbirkorlar o‘sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‘sishga dinamik ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sishning o‘zini A.Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbasi bo‘lib qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xo‘jaligida esa chegaraviy mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy o‘sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil vazifalariga muvofiq keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun investitsiyalaming berilgan vazifasi yakuniy sanoat mahsulotiga taklifga bog‘1iq bo‘1adi. Uning o‘sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini rag‘batlantiradi. Qishloq xo‘jaligida, aksincha, investitsiyalar daromadlarning qisqarishiga bog‘liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlaming ko‘payishi fermerlami qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O‘z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuisuni industrial bosqichni o‘tgan G‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar aksincha uni
rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh.Kindlberger o‘z tahlilida ko‘rsatganidek iqtisodıy o‘sishning mehnat va kapital bilan bog‘1iqligining eng yaxshi namunasi bo‘lib TFR, Italiya, Shveytsariya, va Gollandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A.Lyuis modelini tasdiqlashdi, biroq teskari bog‘liqlikda: bu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning past sur’at1ari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlarida cheklangan foydalanish bilan bog‘liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan keshirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yugoslaviya, Turkiya).Ularning iqtisodiy o‘sishi ham Sh.Kindlberger fikricha A.Lyuis modeliga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‘z sanoatini balki boshqa yevropa davJatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta’minlar edi va butıın kontinent uchun o‘ziga xos zaxiradagi mehnat fondi vazifasini bajargan edi.
Dostları ilə paylaş: |