Iqtisodiy o‘sish nazariyalarining rivojlanishi ularning mazmuni va



Yüklə 222,67 Kb.
səhifə11/14
tarix02.06.2023
ölçüsü222,67 Kb.
#122256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2-mavzu Solov modeli (4)

Y--f(K.L,E) (2.28.)
Bu yerda (E)-bir ishchi mehnatining samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi, ma’1umoti va malakasiga bog‘liq): (Le)- ishchi kuchining samarali birliklarining soni.
Texnik taraqqiyot samaradorlik ning doimiy surat (d)bilan o‘sishga olib keladi. Shuning uchun dq2% bo‘lganda, mehnatning har
bir birligidan qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2% o‘sgandagi kabi o‘sishiga olib keladi. Texnik taraqqiyotning bunday shakli mehnatni tejaydi deyiladi, (d) — esa mehnatni teaydigan texnik taraqqiyotning surati.
Endi texnik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasini aniqlash mumkin. Agar banklarning soni (J) nJ sur’at bilan oshayotgan bo‘lsa, samaradorlik t'E) esa g) sur’at bilan o‘sayotgan bo‘lsa, unda (LE) (n-g) sur’at bilan oshib boradi.
Doimiy samaradorlik bilan bir birlik mehnatga to‘g‘ri keladigan kapital RI + ff (LE)] ni tashkil etadi. Doimiy samaradorlik bilan bir- birlik mehnatga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi esa o7—F/fZf)ni tashkil etadi. Bunda barqaror muvozanatlilik holatiga quyidagi shartda erishiladi:
sf(R1}—(d+n-1-g)R1 (2.29.)
Tenglama o‘zgarmas samaradorlik bilan bir-birlik mehnatga to‘g‘ri keladigan kapital va ishlab chiqarish doimiy bo‘ladigan kapital bilan ta’minlanganlikni (fi*) faqatgina bitta darajasi mavjudligini ko‘rsatadi bu barqaror holat iqtisodiyotning uzoq muddatli muvozanatini ifodalaydi.
(R1*) ning barqaror (qat’iy) holatida texnik taraqqiyot mavjud bo‘lgan sharoitda kapital hajmi (K) va ishlab chiqarish (n+ g) sur’at bilan o‘sadi. Bir ishchi hisobiga to‘g‘ri keladagan kapital bilan qurollanganlik | L) va ishlab chiqarish (tfL) (g)- sur’at bilan o‘sib boradi. Bu R.Solou modelida texnik taraqqiyot-turmush darajasi o‘zluksiz o‘sishining yagona sharti ekanligini ko‘isatadi.
Shunday qilib, R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning 3 manbasi- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni yoritish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arma me’yori va texnik taraqqiyot tezligi orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Jamg‘arma me’yori qanday bo‘lishi kerak? Aniqlaganimizdek muvozanatli iqtisodiy o‘sish jamg‘armaning turli me’yorlari bilan muvofiqlashadi. Shuning uchun maksimal iste’mol darajasi bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan me’yor optimal bo‘ladi. Bunday me’yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg‘armaning bu me’yoriga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik darajasini (R**) bilan
iste’molni esa — (s**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot iste’mol va investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik: y—r+i bundan c=y-i kelib chiqadi.
Berilgan parametrlaming rniga ular o‘barqaror holatidagi ifodasini qo‘ysak, quyidagiga ega bo‘lamiz: r*—/(fi*d-dfi*, bu yerda s*- barqaror o‘sish holatidagi iste’mol.
lste’mol hajmi maksimal bo‘ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi. “Oltin qoida” bo‘yicha kapital bilan qurolanganlik R** bilan iste’mol esa- s** bilan belgilangan.
“Oltin qoida” darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida /(fi*) ishlab chiqarish funksiyasi va dR* chizig‘i bir xil og‘maga ega va iste’mol maksimal darajaga erishadi.
fi** kapital bilan qurollanganlik darajasida kapital zaxirasining bir birlikka oshishi ishlab chiqarish o‘sishini keltirib chiqaradi (kapitalning chegaraviy mahsulotiga teng keladigan) va kapitalning d kattalikka chiqib ketishini oshiradi. Shunday qilib, “Oltin qoida”ga mos keladigan fi** kapital bilan qurollanganlik darajasida MPK—d shart bajariladi. Aholi o‘sishi va texnik taraqqiyotni hisobga olgan holda esa. MPK—d*n+g shart bajariladi.
Agar iqtisodiyot “Oltin qoida” bo‘yicha ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasidan ortiqcha kapital zaxirasi bilan
rivojlanayotgan bo‘lsa, unda bu holatda jamg‘arma me’yorini pasaytirislıga yo‘naltirilgan siyosatni amalga oshirish zarur. Jamg‘arma me’yorining kamayishi iste’molning oshishi va unga muvofiq ravishda investitsiyalarning pasayishiga olib keladi, demak
kapital zaxirasining barqaror darajasining pasayishiga ham olib keladi. Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida “Oltin qoida” dagidan kam kapital bilan qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, unda jamg‘arma me’yorini oshirish zarur. Bu investitsiyalami oshirib iste’molni pasaytiradi, lekin kapitalning jamg‘arilib borishi bo‘yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o‘sa boshlaydi. Natijada iqtisodiyot yana yangi muvozanat holatiga erishadi ammo oltin qoidaga muvofiq bo‘lgan holda, bunda iste’mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga
ega bo‘ladi.
Texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish R.Solou modeli texnik taraqqiyotni farovonlikni barqaror oshiruvchi va o‘sishning optimal
variantini topishga imkon yaratuvchi yagona asos sifatida ko‘rsatadi. Biroq u texnik taraqqiyotni tashqi (Ekzogen) omil sifatida ko‘rib chiqadi, demakki uni tushuntirmaydi. Ayrim olimlarning fikricha, texnik taraqqiyotning determinantlari bugungi kunda yetarlicha aniq emas. Biroq davlat siyosati turli xil instrumentlardan slıu jumladan ilmiy tadqiqot va loyiha — konstruktorlik ishlaridan foydalanib texnik taraqqiyotni rag‘batlarıtirishi mumkin. Masalan, potent qonunchiligini mukammallashtirib, ayrim rivojlangan mamlakatlar (AQSH,Yaponiya, Germaniyauzoq muddat davomida yangi mahsulotni ishlab chiqarish huquqiga monopoliyani berishdi. Soliq to‘g‘risidagi qonunlar ko‘pgina mamlakatlarda ilmiy tadqiqot tashkilotlariga bir qancha imtiyozlar beradi. Maxsus tashkil etilgan milliy ilmiy fondlar fiındamental ilmiy tadqiqotlarga subsidiyalar beradi. Hozirgi kunda mablag‘lami inson kapitaliga yo‘naltirish ham muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda, texnik taraqqiyotida u asosiy rolni o‘ynaydi.



    1. Yüklə 222,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin