Iqtisodiy o`sish va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o`zgarishlar



Yüklə 223,68 Kb.
səhifə3/16
tarix06.07.2023
ölçüsü223,68 Kb.
#135877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

Muammoning o`rganilish darajasi. Iqtisodiy o`sish tushunchasi Amerikalik iqtisodchi Robert Merton Solou tomonidan mukammal o`rganilgan. 1924-yilda tug`igan bu olim garvardda o`qib V.Leontevning shogirdi bo`lgan. Solou o`zining iqtisodiy o`sish modelini ilk bor “iqtisodiy o`sish nazariyasiga qo`shilgan hissa” ("A Contribution to the Theory of Economic Growth") nomli maqolasida yoritib berdi. Bu asosiy kapitalning ko`payishi jon boshiga to’g’ri keladigan mahsulotlar miqdorining oshishiga sabab bo’lishini ko’rsatuvchi differentsial tenglamalar tizimidan iborat matematik model edi.
Solouning asosiy xulosasi shundan iborat ediki, uzoq vaqt mobaynida kuzatilgan iqtisodiy o’sish sur'ati kapital qo’yilmalarining o’sish sur'atlariga bog’liq emas ekan. Solou, uzoq kelajakda, aynan texnologik rivojlanishni ta'minlash orqali iqtisodiy o’sishga erishish mumkinligini ko’rsatib berdi. Solou modeliga muvofiq doimiy texnik jarayonni ta'minlash va hom ashyolardan unumli foydalanish iqtisodiy o’sishni belgilovchi omillardir.
Solouning nazariy modeli zamonaviy iqtisodiy tahlilda keng qo’llanilmoqda. Avvaliga asosan iqtisodiy o’sish tahlilining imtiyozli asbobi bo’lib xizmat qilgan ushbu model, keyinchalik tarkibiga ishlab chiqarishning boshqa omillarining ham qo’shilishi evaziga kengaytirildi. Solou tomonidan tuzib chiqilgan iqtisodiy o’sishning neoklassik modeli zamonaviy makroiqtisodiyot nazariyasining yaratilishida asos vazifasini o’tadi.
Iqtisodiyot bo’yicha 1987-yil Nobel mukofotiga ham bu olim o’zining "iqtisodiy o’sish nazariyasiga qo’shgan hissasi uchun" loyiq topilgan. Taqdimot marosimida "Professor Solouning ko’rsatgan katta xizmati uning o’zgaruvchan hayotni tahlil qilish va tushunish imkonini yaratgan modelni tuzganligidir" deya ta'kidlaganlar.
Kurs ishi 5 asosiy qismdan tashkil topgan bo`lib, ular:

  1. Kirish;

  2. Nazariy qism: iqtisodiy tushunchasi;

  3. Dunyo mamlakatlarida iqtisodiy o`sish, xususan, O`zbekiston, Rossiya va Malayziya davlatlarida;

  4. Xulosa;

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Nazariy qismda iqtisodiy o`sish tushunchasining asl mohiyati yoritib beriladigan bo`lsa, keyingi qismda dunyo mamlakatlarida iqtisodiy o`sish qay darajada ekanligi yoritib beriladi hamda O`zbekiston iqtisodiy holatlari ularning makroiqtisodiy ko`rsatgichlaridan foydalanib talqin qilinadi. Xulosa qismida kurs ishi davomida aytib o`tilgan barcha fikrlarga xulosa yasaladi hamda undan so`ng foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati havola qilinadi.



Yüklə 223,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin