Iqtisodiy o`sish va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o`zgarishlar



Yüklə 223,68 Kb.
səhifə6/16
tarix06.07.2023
ölçüsü223,68 Kb.
#135877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
IQTISODIY O\'SISH-IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA

y = c + i .
Modelda iste’mol funkstiyasi oddiy shaklga ega deb qabul qilinadi:
c = (1 – s)y ,
bu yerda s – jamg’arish normasi bo’lib, u 0 bilan 1 orasidagi qiymatlarni qabul qiladi. Bu funktsiya shuni bildiradiki, iste’mol daromadga to’g’ri proporstionaldir. Har yili daromadning (1 – s) qismi iste’mol qilinadi va s qismi jamg’arib qo’yiladi. U holda:
y = (1 – s)y + i , i = sy .
Bu tenglama shuni ko’rsatadiki, investistiya, iste’mol singari, daromadga to’g’ri proporstionaldir. Agar investistiya jamg’armaga teng bo’lsa, jamg’arish normasi s ishlab chiqarilgan mahsulotning qancha qismi kapital mablag’larga yo’naltirilishini bildiradi.
Solou modelining ta asosiy tarkibiy qismi — ishlab chiqarish funktsiyasi va iste’mol funkstiyasini bilgan holda, endi biz kapital zahirasining ko’payishi qanday qilib iqtisodiy o’sishni ta’minlashini tahlil qilishimiz mumkin. Kapital zahirasi ta sabab bilan o’zgarishi mumkin:

  1. Firmalarning yangi zavodlar va uskunalar sotib olishi bilan kapital zahirasi o’sadi.

  2. Kapitalning bir qismi ishdan chiqishi (foydalanishga yaroqsiz holga kelishi) bilan kapital zahirasi kamayadi.

Kapital zahirasi qanday qilib o’zgarishini tushunish uchun biz investistiya va amortizastiya miqdorlarining aniqlovchilarini bilib olishimiz kerak.
i = sy ni biz i = sf(k) ko’rinishida yozamiz. Bu tenglama mavjud kapital zahirasini k yangi kapital jamg’armasi i bilan bog’laydi. Kapital bilan ta’minlanish darajasi qancha yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish hajmi f(k) va investistiya miqdori ham shuncha yuqori bo’ladi. 1.2.1.2-rasmda jamg’arish normasi s ishlab chiqarilgan mahsulotning k ning har bir qiymatida iste’mol va investistiyalarga taqsimlanishini aniqlashi ko’rsatilgan.


Modelda amortizatsiyani (har yili ishdan chiqadigan kapitalning o’rtacha miqdorini) hisobga olish uchun har yili kapital zahirasining ma’lum δ qismi ishdan chiqadi, deb faraz qilaylik. δ ni ishdan chiqish normasi deb ataymiz. Masalan, agar kapitaldan o’rtacha 5 yil davomida foydalanilsa, ishdan chiqish normasi yiliga 4% bo’ladi (δ = 0,04). Har yili ishdan chiqadigan kapital (amortizastiya) miqdori – δk. 1.2.1.3-rasmda δk ning kapital zahirasiga qay darajada bog’langanligi ko’rsatilgan.


Investistiya va amortizastiyaning kapital zahirasiga ta’sirini quyidagi tenglama yordamida ifodalash mumkin:


Kapital zahirasining o’zgarishi = Investistiya – Amortizastiya
k = I – δk
Bu yerda ∆k – bir ishchiga to’g’ri keluvchi kapital zahirasining birinchi va ikkinchi yil orasidagi o’zgarishi. Investistiya jamg’armaga teng bo’lgani uchun bu tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
k = sf(k) – δk .

1.2.1.4-rasmda kapital ta’minotining turli darajalari uchun investistiya va amortizastiya miqdorlari ko’rsatilgan.
Kapital bilan ta’minlanish darajasi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni kapital zahirasi qancha katta bo’lsa, ishlab chiqarish hajmi va investistiya miqdori ham shuncha yuqori bo’ladi, lekin bunda amortizastiya miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, investistiya amortizastiyaga teng bo’lgan nuqtada kapital bilan ta’minlanishning yagona darajasi mavjud. Agar iqtisodiyot ushbu darajaga erishgan bo’lsa, kapital zahirasi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi, chunki unga ta’sir etuvchi kuchlar — investistiya va amortizastiya muvozanatlashgan bo’ladi. Kapital ta’minotining ushbu darajasida ∆k=0. Bu holat kapital bilan ta’minlanishning barqaror darajasi deyiladi va k* bilan belgilanadi, u iqtisodiyotda uzoq muddatli muvozanat holatiga to’g’ri keladi.
Jamg’arish normasining o’zgarishi. Jamg’arish normasi oshsa, iqtisodiyotda nima ro’y berishini ko’rib chiqaylik.

Agar iqtisodiyotda jamg’arish normasi oshsa, u holda sf(k) egri chizig’i bunga muvofiq ravishda yuqoriga siljiydi, investistiya oshadi, ammo kapital zahirasi va, mos ravishda, amortizatsiya ayni paytda o’zgarmaydi; oxir-oqibatda investitsiya amortizatsiyadan oshib ketadi. Iqtisodiyot avvalgidan ko’ra birmuncha yuqori kapital ta’minoti va mehnat unumdorligi bo’lgan yangi barqaror darajaga yetguncha kapital asta-sekin oshib boradi (1.2.1.5-rasm).
Kapital ta’minotining qanday hajmi optimal hisoblanadi? Jamiyatning iqtisodiy farovonligini maksimallashtirish maqsadidan kelib chiqib, tabiiyki, iste’molning eng yuqori darajasiga to’g’ri keluvchi barqaror holatni tanlash kerak. Iste’molning eng yuqori darajasiga to’g’ri keladigan barqaror holatni ta’minlovchi kapital ta’minoti darajasi kapital ta’minotining Oltin darajasi deb ataladi va k** bilan belgilanadi.
Barqaror holatdagi bir ishchiga to’g’ri kelgan iste’mol miqdorini topish uchun milliy daromad hisobining ayniyatidan foydalanamiz: y=c+i yoki c=y–i. y va i kattaliklarni ularning barqaror kapital ta’minoti holatidagi qiymatlari f(k*) va δk* bilan almashtiramiz (barqaror holatda kapital ta’minoti o’zgarmagani uchun investistiya i amortizastiya δk* ga teng). U holda:
1.2.1.6-rasmdan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarilgan mahsulot iste’molga yoki investistiyaga sarflanadi. Barqaror holatda investitsiya amortizastiyaga teng, shuning uchun iste’molning barqaror darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan amortizastiyaning ayirmasiga teng bo’ladi. Iste’mol hajmi maksimallashadigan kapital ta’minotining barqaror darajasi “Oltin qoida” ga muvofiq keladi (Oltin qoidaga mos kelgan iste’mol hajmi c** bilan belgilangan). Oltin qoidaga mos keluvchi kapital ta’minoti darajasida ishlab chiqarish funkstiyasi va δk* chizig’i bir xil qiyalikka ega bo’ladi hamda iste’mol maksimal darajaga yetadi.

Yüklə 223,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin