Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati 3-kazus


Sud ishni “Eshon Guzar Savdo” MChJ ishtirokisiz ko‘rganligi to‘g‘rimi?



Yüklə 32,51 Kb.
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü32,51 Kb.
#165418
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy Protsessual huquqi modulidan oraliq nazorati (1)

5

Sud ishni “Eshon Guzar Savdo” MChJ ishtirokisiz ko‘rganligi to‘g‘rimi?

127-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi


Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari ajrim orqali, zarur hollarda esa sud chaqiruv qog‘ozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
128-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
Agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi to‘g‘risida sud majlisi boshlanguniga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan eri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa;
ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa.
129-modda. Ish yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida o‘z manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ajrimning ko‘chirma nusxasi sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa ham yoki yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning ish yuritish vaqtida o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.


Yüklə 32,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin