Iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari



Yüklə 422,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.01.2023
ölçüsü422,06 Kb.
#80206
1   2   3   4   5   6
iqtisodiy-sohadagi-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-dolzarb-muammolari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
746 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
namoyon bo‘luvchi muammoli holat hisoblanadi. Sababi, fuqarolarning iqtisodiy 
munosabatlaridan tortib hukumat tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy 
jarayonlargacha, shuningdek, moliyaviy va xo‘jalik yuritish faoliyatigacha barchasi 
turli xilda bo‘lganligi uchun ham iqtisodiy munosabatlar murakkab va turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. 
Bu borada murakkablikni quyidagicha izohlash mumkin: 
- xo‘jalik yuritish faoliyatlarining ko‘plab shakllari qonuniy tartibga solinmagan; 
- iqtisodiy, xo‘jalik yuritish va moliyaviy sohalarda qonunchilik bazasidagi 
muammoli holatlarning mavjudligi; 
- iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarda noqonuniy yoki yarim qonuniy vakolat 
beruvchi qonunosti hujjatlarni imzolanishiga yo‘l qo‘yib berayotgan yuqori rangda 
xizmat olib borayotgan davlat xizmatchilari bilan korrupsiyaviy munosabat o‘rnatgan 
“kulrang iqtisodiyot” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan lobbi faoliyatlari 
mavjudligi va boshqalar. 
Shuni ham taʼkidlab o‘tish joizki, iqtisodiy sohadagi korrupsiya ikki taraflama 
munosabatlarni o‘zida namoyon qiladi. 
Avvalo u orqali jinoiy yo‘l bilan orttirilgan va legallashtirilgan mablag‘lar 
miqdorini aniqlash mumkin. 
Ikkinchidan, korrupsiyaning keng yoyilishi sabablaridan biri sifatida iqtisodiy 
sohani o‘zini olish ham mumkin. Chunki, mustaqillikni dastlabki yillarida 
jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimi yaratilgunga qadar davr 
oralig‘ida, uyushgan jinoyatchiliki, asosan iqtisodiy sohadagi uyushgan 
jinoyatchilikning ildiz otib ketganligini afsus bilan aytib o‘tish lozim. 
Jinoiy guruhlar va jamiyatlar o‘z maqsadlariga erishish uchun “qayishqoq” 
usullardan foydalanib kelishmoqda. Jinoiy faoliyat bilan shug‘ulluvchi korxona va 
tashkilotlar o‘zlarining keng tarmog‘i va davlat boshqaruv organlaridagi korrupsion 
aloqalarning mavjudligidan foydalangan holda, bugungi kunda nafaqat bir qator 
iqtisodiy faoliyat turlari ustidan nazoratni olib borish bilan bir qatorda, noqonuniy 
boyish manbaalarini kengaytirishga harakat qilib kelishmoqda. 
Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tish joizki, huquqni muxofaza qiluvchi organlar 
tomonidan uyushgan jinoyatchilikning moliyaviy asoslarini qo‘porish maqsadida olib 
borilayotgan chora-tadbirlar samarasizligini ko‘rsatishi bilan bir qatorda, jinoiy 
tuzilmalarning shafqatsiz qarshilik ko‘rsatishini ham keltirib chiqarmoqda. Ular o‘z-
o‘zini saqlash instikti asosida amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlardan foydalanib, 
shuningdek, sotib olish, shantaj qilish va tahdid qilish hamda davlat boshqaruv 
va organlari xodimlari, jamiyatchilik aʼzolarini va tadbirkorlarni o‘ldirishgacha 



Yüklə 422,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin