Iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari



Yüklə 422,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.01.2023
ölçüsü422,06 Kb.
#80206
1   2   3   4   5   6
iqtisodiy-sohadagi-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-dolzarb-muammolari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
747 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
bo‘lgan choralarni qo‘llagan holda siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga o‘zining taʼsirini 
o‘tkazish uchun xukumatdagi tarafdorlari qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishmoqda. 
Bugungi kunda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks yondashuv 
shakllantirilmoqda. Lekin, bu yondashuvlarda korrupsiyaning shakllanishini 
mintaqaviy hususiyatlarini inobatga olinmaganligi sababli korrupsiyaning ayrim 
ko‘rinishlari va turlari bilangina qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda. 
Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarasizligini 2 ta asosiy 
sabab bilan bog‘lash mumkin. 
Birinchidan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablari 
asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda 
ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyati Korrupsiyaga qarshi 
kurashish 
bo‘yicha 
respublika 
idoralararo 
komissiyasi 
tomonidan 
muvofiqlashtirilmoqda. 
Lekin, Respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi bevosita kurash 
olib bormasligi va qarshi kurashuvchi organlar hamda tashkilotlar tomonidan taqdim 
etilgan maʼlumotlarning tahlili asosidagina amalga oshirilgan ishlar samaradorligini 
baholaganligi uchun hozirda korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona tizimi mavjud 
emas. 
Shu sababli, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha har bir organ hamda 
tashkilotning o‘z standarti va mexanizmi mavjud. 
Shu o‘rinda, iqtisodiy sohadagi korrupsiya faqatgina bir tizim yoki vazirlik 
doirasida amalga oshirilmasligi olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan. 
Misol tariqasida, bojxona sohasidagi korrupsiyani ko‘rib chiqsak. Tovarlar 
importida turli xil iqtisodiy jinoyatlar mavjud. Mazkur iqtisodiy jinoyatlarning 
barchasidan korrupsiya elementlarini aniqlash mumkin. 
Jumladan, import tariqasida olib kelinayotgan tovarlarga bojxona bojlarini to‘liq 
to‘lanmasligi uchun ayrim mansabdor shaxslar o‘z mansab vakolatlaridan chetga 
chiqqan holda bojxona posti xodimlari yoki ularga bevosita rahbar shaxslar bilan 
moddiy manfaatdorlik evaziga yoki tazyiq o‘tkazish yo‘li bilan til biriktirishadi. 
Bu holatda, korrupsiya jinoyati iqtisodiy sohada sodir etildi va bunda birdan 
ortiq va turli davlat organlariga mansub bo‘lgan mansabdor shaxslar ishtirok etdi. 
Yuqoridagiga o‘xshash korrupsion sxemalarni ko‘plab turini uchratishimiz 
mumkin. Bunday jinoiy faoliyatga birgina bojxona sohasida qarshi kurashish bilan 
muammoni to‘liq yo‘q qilib bo‘lmaydi. Sababi, korrupsion sxemaning yaratuvchisi 
bo‘lgan mansabdor shaxsga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmayotganligi, 



Yüklə 422,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin