Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 745
w www.oriens.uz October 2021 Bu kabi holatlar o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini
taʼminlash uchun iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashish muammolarini
tadqiq qilish va muhim chora-tadbirlarni belgilash zaruriyatini tug‘diradi.
Bugungi kunda, iqtisodiy sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashishning eng
dolzarb muammosi uning keng miqyosli bo‘lib ulgurganligida.
Taʼkidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillaridan 2017 yil yanvar oyiga
qadar davr oralig‘ida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va amaliy
mexanizmlari to‘liq ishlab chiqilmaganligi sababli “maishiy korrupsiya” holatlari
soni ortib ketdi.
Lekin, korrupsiyaga qarshi kurashish yangi davri va bu illatga qarshi olib
borilgan keng miqyosli tashviqot va targ‘ibotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy sohadagi
“maishiy korrupsiya”ning hajmi iqtisodiy sohada faoliyat olib borayotgan yuqori
mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiya holatlarining miqdoriga
nisbatan juda kichik miqdorni tashkil etmoqda.
Sodir etilayotgan aksariyat korrupsiya jinoyatlarining namoyon bo‘lish
belgilaridan biri ish beruvchining manfaatlari bilan mansabdor shaxs xatti-harakatlari
orasidagi konfliktlar yoki jamiyat manfaatlari bilan saylangan shaxslarning xatti-
harakatlari orasidagi konfliktlarda ko‘rinmoqda.
Shuningdek, keng tarqalgan korrupsiyaning turlaridan biri davlat boshqaruviga
qarshi jinoyatlar qatoriga kiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan
firibgarlik hisoblanadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, o‘zining mulki hisoblanmagan resurslarni
mutlaq boshqarish huquqi berilgan har qanday shaxs (hukumat vakili, deputat, sudya,
huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimi, administrator, malaka attestati beruvchilar,
vrach va boshqalar) tomonidan korrupsiya jinoyatlari sodir etilishi mumkin.
Bunda, korrupsiyani sodir etish uchun motiv bo‘lib, mansab vakolatlaridan
foydalangan holda qo‘lga kiritiladigan renta - iqtisodiy foyda olishga bo‘lgan
imkoniyatning mavjudligida bo‘lib, jinoyatdan qaytaruvchi stimul esa taʼsir qilish va
jazo xavfining muqarrarligi hisoblanadi [1].
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, korrupsiya
iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga eng katta tahdid bo‘lib, amalga oshirilayotgan har
qanday islohotlarni xavf ostida qoldirishi mumkin [2].
b) muammo yechimining umumiy konsepsiyasi
Iqtisodiyotning
kriminallashuvi
va
bu
jarayonlarda
sodir
etiladigan
korrupsiyaning sodir bo‘lishi jarayonini tadqiq qilish murakkab va turli ko‘rinishlarda