Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
744
w
www.oriens.uz
October
2021
mexanizmlarini yaratish va buni davlat siyosati darajasiga olib chiqish bo‘lishi
kerakligiga alohida eʼtibor qaratilib, mazkur masalani dolzarbligi favqulodda
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahamiyat qaratilishini talab etdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
а) Muammoning qo‘yilishi va o‘rganilganligi
Shuni qayd etib o‘tish lozimki, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi
kurashishga qattiq eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi davlat
siyosati tizimli amalga
oshirilib kelinmoqda. Xukumat tomonidan jamiyatning barcha korrupsiya xavfsi bor
sohalarida bu siyosatni to‘g‘ri yuritilishiga harakat qilinmoqda.
2017 yil 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashishning yangi davri boshlandi, yaʼni “Korrupsiyaga
qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunning 20-moddasi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
belgilab berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi
PQ-2752-son qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi
PF-5729-son Farmoni bilan “2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish”
Davlat dasturlari tasdiqlandi.
Qonun va qonunosti hujjatlari asosida
barcha davlat tashkilotlari, xususiy
sohalar va fuqarolik jamiyati tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
idoraviy komissiyalar tashkil etildi. Shuningdek, korrupsiya holatlari bo‘yicha
xabardor qilish mexanizmi va aniqlangan holatlar bo‘yicha
huquqni muhofaza
qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning huquqiy va
amaliy asoslari yaratildi.
Lekin, mavjud vaziyat iqtisodiyotni yana-da o‘stirish, mamlakatda investitsiya
muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal
etish korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash
hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish
bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.
Chunki, xukumat va jamoatchilik tomonidan ko‘rilayotgan choralarga
qaramasdan, korrupsiya oldingiday iqtisodiy
mexanizmlar faoliyatiga, milliy
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari va ijtimoiy islohotlarning jadal olib
borilishiga qiyinchilik tug‘dirayotganligi, jamiyatda davlat
boshqaruv institutlari
faoliyatiga ishonchsizlikni ortishi kabi jiddiy xavfni yuzaga keltirish bilan bir qatorda
jaxon arenasida O‘zbekistonning imidjiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.