Iqtisodiy subyektlar faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy tartibga solish instrumentlari



Yüklə 419,16 Kb.
səhifə2/13
tarix19.12.2022
ölçüsü419,16 Kb.
#76287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqtisodiy subyektlar faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy tart

Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni davlat tomonidan qisman tartibga solinishini, uning zaruriyatini asoslash va mavjud imkoniyatlarni amaliyotda qo’llash bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishida iqtisodiy subyektlarni umumiy olgan holda iqtisodiyot atamasi bilan keltiriladi.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi mavjud nazariya va qarashlarni ochib berish;
- iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning rolini o’rganish;
- davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi usul va vositalarini tahlil qilish;
- O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning amaliy natijalarini tahlil qilish;
Kurs ishining obyekti iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bo’yicha mavjud qarashlar, nazariyalar hamda shakllar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi, uning zaruriyati va shakllari borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
1. Iqtisodiy subyektlarni davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi mavjud nazariya va qarashlar.
Iqtisodiy subyektlar (iqtisodiy subyektlarni umumiy olgan holda iqtisodiyot atamasi bilan keltiriladi)ni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni tartibga solish ob’ektiv holat hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda nechta bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakat bo’ladigan bo’lsa, barchasida iqtisodiyot davlat tomonidan tartib solinib turiladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usullari - bevosita, bilvosita va tashqi iqtisodiy usullar hamda davlatning maxsus iqtisodiy dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo’llar orqali erishiladi (1-rasm):
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish.
Hozirgi davrda O’zbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit tomonidan ko’rib chiqilgan2. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’zini o’zi tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.


Yüklə 419,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin