O’rtacha arifmetik kattaliklar eng ko’p tarqalgan, oddiy va amalda keng foydalaniladigan turi bo’lib, oddiy va tortilgan ko’rinishda bo’lib, ular quyidagicha aniqlanadi
O’rtacha arifmetik kattaliklar eng ko’p tarqalgan, oddiy va amalda keng foydalaniladigan turi bo’lib, oddiy va tortilgan ko’rinishda bo’lib, ular quyidagicha aniqlanadi:
х .od аr.
f f f1 f 2 f3 ... fn f хtor. аr. х1 f1 x2 f 2
x1 х2 х3 ... хn x x3 f3 ... xn fn xf Oddiy o’rtacha arifmetik;
Tortilgan o’rtacha arifmetik.
Taqqoslash usuli va uning qo’llanishi
Taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat bo’ladi. Xususan:
-taqqoslanadigan ob’ektlar belgilanadi;
-Taqqoslash shakli tanlab olinadi (dinamik, makoniy va h.k..);
-taqqoslash bazasi belgilab olinadi (o’tgan davr, hisobot davr biznes- reja ma’lumotlari, etalon korxona ma’lumotlari va h.k..);
-ob’ektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko’rsatkichlar sonini tanlash.
Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usulini qo’llash shartlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
-Taqqoslanuvchi ko’rsatkichlar bir xil usulda aniqlangan bo’lishi kerak (masalan, amortizatsiya ajratmalari, soliq stavkasi va boshqalar);
-Taqqoslanuvchi ko’rsatkichlar bir xil o’lchov birligida bo’lishi zarur (masalan, qiymat, kilogramm, litr, dona va boshqalar);
-Taqqoslanuvchi ob’ektning hajmi bir-biriga mos bo’lishi talab etiladi (masalan, kichik savdo do’koni aylanmasi bilan supermarketning oborotini taqqoslash kerakli natijani bermaydi va h.k.);
Guruhlashtirish usuli va uning ahamiyati
Xo’jalik hayotidagi jarayonlarni aks ettiruvchi ko’rsatkichlarning soni ko’p bo’lgan hollarda tahlil ishlarini engillashtirish maqsadida guruhlashtirish usulidan foydalanish talab etiladi.
Xo’jalik hayotining o’rganilayotgan jihatlarining ichki bog’lanishlari va qonuniyatlarini to’liq o’rganish uchun to’plangan ma’lumotlar muhim belgilar asosida guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Guruhlashtirish uchun asos qilib olingan belgi guruhlash belgisi deb yoki guruhlashni aynan qaysi belgi asosida amalga oshirilishi tushuniladi.