Guruhlashtirish belgisini tanlashda quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish zarur:
iqtisodiy jarayonni to’la tavsiflab beruvchi muhim belgilar guruhlashtirish uchun asos qilib olinishi;
guruhlashtirish belgisini tanlashda hozirgi zamon iqtisodiyotini tavsiflovchi masalalarni yorita oluvchi belgilar ekanligiga e’tibor berish;
xo’jalik hayotining murakkab jarayonlarini o’rganishda guruhlashtirish faqat bitta belgi bo’yicha emas, balki bir necha muhim belgilar bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
Tuzilish bo’yicha va omilli guruhlashtirish(analitik guruhlashtirish)da esa - guruhlar oralig’i imkon qadar bir-biriga mos bo’lishi kerak. Shuningdek, guruhlar kichik sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki guruhning quyi chegarasi va oxirgi guruhning yuqori chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yopiq, ya’ni boshlang’ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo’lishi, barcha o’rganiladigan ob’ektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi zarur. Bu jarayon iqtisodiy tahlilda quyidagicha amalga oshiriladi:

Guruhlashtirish belgisi aniqlanishi kerak;
Guruhlashtirish intervali aniqlanishi zarur;
xint . max min ;
n Bu erda, xint. – interval oralig’i;
a – belgining eng katta va kichik miqdorlari; n – ajratiladigan guruhlar soni.
Aniqlangan interval asosida guruhlar chegarasi belgilanadi.
Birinchi guruh, + = c; Ikkinchi guruh, s + = r; Uchinchi guruh, r + = q; ...