Balans (frantsuzcha “balance” — torozi, lotincha “bilanx” — torozining ikki pallasi) xalq xo’jaligida va umuman xo’jalik, savdo ishlarida bir-biriga bog’liq bo’lgan sohalarning o’zaro muvofiq salmog’i. Balans iqtisodiyotda muayyan bir muddat oralig’idagi kirim bilan chiqimni bir- biriga taqqoslab chiqilgan tenglik sifatida, quyidagi turlardan iborat:
Xalq xo’jaligi balansi - iqtisodiy ko’rsatkichlar aks ettirilgan jadvallar tizimi bo’lib, iqtisodiyotni rivojlanish darajasini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko’lamlari va o’sish sur’atlarini, shuningdek, muhim umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy nisbatlar(moliyaviy resurslar va ularga bo’lgan talab, ishlab chiqarish bilan moddiy resurslar...)ni ifodalaydi. Uning yordamida muhim tarkibiy nisbatlar o’rtasidagi funktsional bog’liqlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi;
Mehnat resurslari balansi – mavjud mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi bo’lib, xodimlarga bo’lgan talab va taklifni o’zaro solishtirish imkoniyatini beradi;
bo’lib, asosiy nisbatlarni tarmoqlar kesimida natural va qiymat o’lchov birliklarida tuziladi;
To’lov balansi – ma’lum davrda (oy, chorak, yil) xorijga va xorijdan bo’lgan to’lovlar o’rtasidagi nisbatni ifodalovchi ko’rsatkichlarni umumlashtiradi.
Zanjirli o’rin almashtirish usuli - natija o’zgarishiga uch va undan ko’p birlik omillar ta’sirini o’rganishda keng qo’llaniladi. Bunda o’rganilayotgan natija va birlik omillar bir-biri bilan funktsional bog’liqlikda bo’lishi talab etiladi.