3.2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab
chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri
bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi.
4
Makroiqisodiy
tahlilda
mehnat
resurslari
emas
balki
ishchi
kuchi
kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi
ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
1
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal
qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga
bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqihajmi kamaysa ishchi kuchigabo‘lgan talab
ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining
ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi vafaol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida)
aytiladi vauni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlarsoni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan
ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi.
2
Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki
turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa
sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |