Zamonaviy marketing bozor sharoitida murakkab ijtimoiy — iqtisodiy jarayon bo‘lib, unda 4 muhim omil muntazam o‘zgarib turadi.
• Marketing-tadbirkorlik faoliyatining o‘zaro ta’sir va muvofiqlash-tirish falsafasi sifatida.
• Marketing-boshqarish konsepsiyasi sifatida.
• Marketing-raqobat sharoitida afzallikni ta’minlovchi vosita sifati-da.
• Marketing-qaror qabul qilish usuli sifatida.
Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyati-ning o‘ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qo‘llanildi1 1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketing usullari orqali bozorlar o‘rganila boshlandi.
Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi.
Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi.
Marketing nazariyasi konsepsiyasi
Xaridorning biror bir tovarni sotib olish va bozordagi xatti-harakati bir nechta omillarga bog‘liq bo‘ladi, endi shu omillarni ko‘rib chiqaylik.
Bozor munosabatlari imkoniyatlarining tahlili
1) Odam yoshi. Yillar o‘tishi bilan odamlarning oziq-ovqatga, mebelga, tibbiyot xizmatlariga, kiyim-kechakka va boshqa ko‘pgina narsalarga bo‘lgan ehtiyoji o‘zgarib turadi. 2) Kasbi. Chilangar uchun ko‘proq temir-tersak zarur bo‘lsa, duradgor ko‘proq yog‘och xom-ashyosiga ehtiyoj sezadi.
3) Hayot tarzi. Hayot tarzi bilan talab orasida kuchli bog‘lanish bor. Bo‘sh vaqtni sportga bag‘ishlagan odamlarga sport kiyimlari, maxsus oyoq kiyimlari, sport anjomlari kerak bo‘lsa, musiqa shinavandalariga plastinkalar, kassetalar va boshqa shu kabilar kerak bo‘ladi.