P AD AS1 AS0 P1 P0 Q1 Q0 Q Taklif inflyatsiyasi Taklif inflyatsiyasi–ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlar oshishi sababli kelib chiqadigan inflyatsiya Bu inflyatsiya turi ishlab chiqarishdagi sarf xarajatlar keskin oshib ketishi natijasida kelib chiqadi. Bunga sabablardan neftga jahon narxlarining oshishi, davlat tartibga solishi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Xarajatlarning oshishi AS egri chiziini chapga AS0 dan AS1 gacha surilishiga olib keladi. Bu esa narxlarning oshishiga, ishlab chiqarish hajmining kamayishiga hamda ishsizlikning o‘sishiga olib keladi. P AD0 AD1 AS1 AS0 P1 P0 Q Q0 Ish haqi o‘sishi bilan kelib chiqadigan inflyatsiya Ish haqi o‘sishi bilan kelib chiqadigan inflyatsiya iqtisodiet uchun eng xavfli inflyatsiya turidir. Kasaba uyushmalarning talablariga ko‘ra eki davlat tomonidan minimal ish haqining oshirilishi natijasida ish haqining umumiy darajasi oshadi. Bu esa jami talabni oshiradi va AD egri chizig‘ini o‘ngga AD1 gacha suradi. Ish haqining oshishi o‘z navbatda ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha xarajat bo‘lib, jami taklifni qisqartiradi va AS egri chiziqini chapga AS1gacha suradi. Natijada ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasada, narxlar oshadi. Bu esa ish haqining nominal o‘sishini yo‘qqa chiqaradi. Agar kasaba uyushmalari qo‘shimcha ish haqining oshirishini talab qilishsa, bu inflyatsiyaning yana bir chirmalishiga va narxlarning o‘sishiga olib keladi. Bu jaraen cheksiz davom ettirilishi mumkin. Bu inflyatsion spiraldir. Inflyatsiya sabablari Inflyatsiya talab va taklif tengsizligidan paydo bo‘lgan pullar miqdoriy nazariyasining tenglamasidan kelib chiqadi: MV = PY, Bu erda M - pul massasi, V – pul aylanish tezligi,