Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA`MINLASH USTUVORLIKLARI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə6/9
tarix13.10.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#154993
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta\'minlash strategiyasi

II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA`MINLASH USTUVORLIKLARI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI
2.1. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash ustuvorliklari

Tarkibiy o‘zgarishlar –bu, O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining o‘tish davridagi muhim maqsadlaridan biridir. Xo‘jalik tizimi transformatsiyasi jarayonida tarkibiy o‘zgarishlarning zaruriyati rejali iqtisodiyotdan meros qolgan texnik bazaning qoloqligi va disproporsiyalari bilan bog`liq.


O‘tish davrida davlatimizning asosiy maqsadi –bozor iqtisodiyotining samarali ishlaydigan institute va mexanizmlarini tuzishdir. Bu maqsadni amalgam oshirmay turib, bozor asosida barqaror iqtisodiy o‘sishga erishib bo‘lmaydi, bu esa tarkibiy siyosatning pirovard maqsadi hisoblanadi. Bozor islohotlari va tarkibiy siyosat (uni muvaffaqiyatli amalgam oshirish sharti bilan) korxonalarning yangi iqtisodiy muhitga moslashishiga, keng ma`noda texnika iqtisodiy jihatdan zamonaviylashishiga ko‘maklashadi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • iqtisodyotda tarmoq tarkibining o‘zgarishi;

  • iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillashtirish;

  • asosiy kapitalni (shu jumladan, davlatning investitsiya siyosati yordamida ) yangilash;

  • ITT yutuqlarini tatbiq etish, ishlab chiqarishni texnologik qayta qurollantirish;

  • inson kapitalini takomillashtirish (yangi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish);

  • ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini takomillashtirish;

  • iqtisodiy o‘sishni rag`batlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish va takomillashtirish.

Tarkibiy siyosat, odatda, barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladi. U iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasida moddiy,mehnat va iqtisodiy resurslar qayta taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Uni amalga oshirish uchun quyidagilar mablag`larning asosiy manbalari hisoblanadi:

  • xususiy jamg`armalar va investitsiyalar;

  • davlat jamg`armalari va investitsiyalar;

  • to‘g`ri xorijiy investitsiyalar;

  • chet el investitsiyalari va tashqi zaymlar.

Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida tarkibiy siyosatni amalgam oshirishda davlat, odatda, bilvosita ta`sir qilish usullaridan soliqlar, bojlar, pul-kredit rag`batlantirish choralari va hokazolardan foydalanadi.
Xususiy sector va bozor institutlari rivojlanmagan sharoitda, shuningdek, islohotlarni tez amalgam oshirihsda davlat resurslarni qayta taqsimlashning ma`muriy usullarini qo‘llaydi. Bunda :
-xom ashyo va eksport tovarlarining sotib olish narxini pasaytirish;
-turli valyuta kurslaridan foydalanish;
-protektsionistik to‘siqlar;
-ustuvor yo‘nalishlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining aktivlaridan foydalaniladi va boshqalar.
O‘zbekistondagi tarkibiy investitsion siyosat kompleks masalalarini hal qilishga yo‘naltirilgan. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, bozor munasabatlariga o‘tish jarayonida korxonalarga yordam berish;
-iqtisodiyotning bir qator istiqbolli tarmoqlarini rivojlantirish ( import o‘rnini bosuvchi va eksport tramoqlarini qo‘llab-quvvatlash siyosati), yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratish;
-ishlab chiqarishning texnologik qayta qurollanishini rag`batlantirish. O‘bekistonda tarkibiy siyosatning asosiy vositalari quyidagilardir:
Davlat investitsiyalari ;
Kredit siyosati;
Valyuta siyosati;
Chet el investitsiyalarini jalb etish.
Tarkibiy islohotlarni moliyalashtirishga ketadigan mablag`larning asosiy manbalariga quyidagilar kiradi:
buydjetdagi soliq tushumlari;
tijorat banklarining majburiy zaxiralari ( ular markazlashtirilgan kreditlar uchun ishlatiladi);
davlat buyurtmalari ( avvalo qishloq xo‘jaligi va sanoatining qazib ollish tarmog`i
uchun );
eksportiyorlar valyuta tushumlarining ( yoki uni bir qismini) rasmiy ayriboshlash kursi bo‘yicha majburiy konvertatsiyasi.
O‘zbekistonda amalgam oshirilayotgan tarkibiy siyosatning asosiy natijasi MDH ning boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq iqtisodiy tushkunlik hisoblanadi.
Tarkibiy siyosatni amalgam oshirish juda katta moddiy, mehnat va iqtisodiy resurslarni talab qiladi. Xususiy sektorning rivojlanmaganligi davlat asosiy xo‘jalik yuritish subyektiga aylanishiga olib keladi. Bozor islohotlari esa, davlatning investitsiya va xo‘jalik funksiyalari xususiy korxonalarga o‘tishini ko‘zda tutadi.
Iqtisodiy resurslarning davlat sektoriga o‘tkazilishi xususiy sektorni kuchsizlantiradi. Davlat xarajatlarining o‘sishi xususiy xarajatlarni siqib chiqarsa, siqib chiqarish effekti amalgam oshiriladi.
Iqtisodiy resurslar taqchilligining tezlashishi davlat siyosatini “ yumshatib” boradi, bu esa inflyatsiya va to‘lamaslik kabi muammolarni kuchaytiradi. Kuchli inflyatsiya va iqtisodiy disproporsiya sharoitida ishlab chiqarishga qo‘yilmalar emas, balki spekulyativ operatsiyalar foydaliroq hisoblanadi. Ikkinchidan, jamg`armalarni shakllantirish va ularni ishlab chiqarish investitsiyalarga aylantirishning bozor mexanizmlari ishlamay qoladi.
O‘tish iqtisodiyoti sharoitida tarkibiy siyosatni rejalshtirish va o‘tkazishda yuqoridagi holatlarni e`tiborga olish kerak. Respublikaning 2005 yilgacha rivojlanish istiqboli o‘rta muddatli prognoziga muvofiq iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:

  • sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishni taezlashtirish;

  • eksport salohiyatiniva import o‘rnini bosishni mustahkamlash:

  • eksportning xom ashyoga yo‘naltirilganligini cheklash;

  • zamonaviy kommunikatsiya tizimlari va axborot uzatish vositalarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish, moliya va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish, fond bozorini rivojlantirish;

  • bozorni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari bilan to‘ldirish, mamlakatning mahsulot xavfsizligini ta`minlash;

  • kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish, qashshoqlikni qisqartirish, yangi ish joylarini yaratish, real daromadlarni oshirish.

O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazishdan so‘ng 2005 yilgacha bo‘lgan davrda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish bashorat qilingan:
-YaIM ning o‘rtacha yillik o‘sishini 6-7 % atrofida;
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘sishi 8-10 %;
eksportning o‘sishi 12-14% va hokazo.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizlikka erishishda soliq va byudjet siyosati muhim o‘rin egallaydi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
qattiq iqtisodiy siyosatni amalgam oshirish, davlat byudjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, byudjatdan beriladigan dotatsiyalarni subsidiyalar va barcha turlarini bosqichma- bosqich qisqartirib boorish;
-byudjet manlag`lari daromad tushganidan keyingina taqsimlanadigan yo‘ldan og`ishmay borish, birinchi darajali, eng zo‘r umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjatdan mablag` ajratish;
xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun byudjetdan pul bilan qaytarmaydigan qilib ta`minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlari barqaror sur`atda to‘ldirib turilishini ta`minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan qo‘shma korxonalarni rivojlanishini rag`batlantiradigan pishiq -puxta soliq siyosatini olib borish.
Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligining o‘tgan davri mobaynida iqtisodiy - byudjet siyosati, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa sohalarda katta ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, respublikamizda bank infratuzilmasini, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, milliy bank tizimini jahon banklari hamjamiyatiga integratsiyalshtirish, bank xizmatlarini takomillashtirish borasida salmoqli qadamlar tashlandi.
Shu, o‘rinda aytish joizki, 1994 yilda milliy valyutamiz –“so‘m”ning muomalaga kiritilishi O‘zbekistonning mustaqil bank tizimi vujudga kelishiga va iqtisodiy byudjet siyosatida yangi bosqichga qadam qo‘yilishiga olib keldi. Bunda hukumatimiz tomonidan moliya-byudjet tizimi uchun milliy valyuta barqarorligini ta`minlash, aholining moliya bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish muhim vazifa qilib belgilandi.
Hozirgi kunda respublikamizda 32 bank va ularning 800 dan ortiq filiallari, Xalq bankining 2500 dan ziyod shaxobchalari hamda 670 dan ortiq mini banklar aholi bo‘sh pul mablag`larini omonatlarga jalb qilish va boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatayapti.
2003 yilga kelib, o‘zlashtirilgan kredit liniyalari hisobiga 8500 dan ortiqyangi ish o‘rinlari yaratildi. Natijada mahalliy xom ashyoni qayta ishlash evaziga 44148,4 million so‘mlik xalq iste`moli mollari ishlab chiqarilib, uning 39590,6 mln. so‘mligi ichki bozorda sotildi, 6339 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot esa eksport qilindi.
Eng asosiysi, ushbu sohada olib borilayotgan ishlar natijasida xususiy sektorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan YaIM hajmidagi ulushi 34,6% ga yetdi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunidagi”Yevropa tiklanish va tarqqiyot banki bilan hamkorligini kengaytirishga doir chora-tadbirlari to‘g`risida”gi qaroriga asosan kichik va o‘rta biznesni keng ko‘lamda rivojlantirish hamda O‘zbekiston – Yaponiya dasturini amalgam oshirish uchun ikki bosqichda 40 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi.
Xalqaro hamjamiyat, yirik moliya-bank korporatsiyalari O‘zbekistonning teng huquqli sherikchilik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosatini faol qo‘llab-quvvatlamoqdalar. O‘zbekiston boy tabiiy zaxiralari bilangina emas, ayni vaqtda, avvalo ijtimoiy-siyosiyvaziyat barqarorligi va iqtisodiy rivojlanish istiqbollarining ravshanligi bilan ham xorijiy sarmoyadorlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
Respublikada “Xorijiy investitsiyalar to‘g`risida” va “Xorijiy investitsiyalar kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari to‘g`risida “ qonunlarga amal qilinmoqda. O‘zbek bozorida AQSh, Koreya Respublikasi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Yaponiya kompaniyalari ishlamoqda.
O‘zbekistonning hamkorlari orasida jahonga mashhur bo‘lgan DEU (avtomobilsozlik, elektronika, yengil sanoat); BAT (tamaki mahsulotlari);
Nyumont Mayning (oltin qazib chiqarish sanoati); “Gazprom” (tabiiy gaz qazib chiqarish va transportirovka qilish) va boshqa kompaniyalar milliy ustunlikka erishmoqdalar.
Islohotlar tobora chuqurlashayotganligi tashqi iqtisodiyotni erkinlashtirish dasturlari izchil amalgam oshirilayotgan O‘zbekistonning investitsiya sohasidagi hamkorlik uchun ishonchli sherik sifatida obro‘ e`tiborini oshirmoqda, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etishga ko‘maklashmoqda, mamlakat eksport salohiyatini oshirishning milliy ustuvorliklarini aniqlashda uslubiy va amaliy yondoshuv omili bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yirik tarmoq bo‘lmish qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston turli qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan, texnik ekinlar yetishtirish uchun juda qulay hududlardan biri. O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda (AQSh, Hindiston, Xitoy va Pokistondan keyin) 5 o‘rinda va uni eksport qilish sohasida 2 o‘rinda turadi. O‘rta Osiyoda yetishtiriladigan jami paxta hajmining 75 %i O‘zbekiston hissasiga to‘g`ri keladi. Bundan tashqari, respublikada har yili 5 million tonnadan ko‘proq sabzavot va meva yetishtiriladi. O‘zbekk qorako‘l terilariga va pillasiga jahon bozorida talab katta.
Bu tarmoq aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatning turli tarmmmoqlarini esa xomashyo bilan ta`minlaydi. Mamlakat aholisining 63%i qishloqlarda yashaydi. Band aholining ancha qismi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat ichki mahsulotining 28%i qishloq xo‘jaligining ulushiga to‘g`ri keladi. Paxta yetishtiriladigan maydonlarnin deyarli hammasi sug`oriladigan yerlardir. Bu yerlarda qudratli irrigatsiya tizimi mavjud.
Mustaqillik yillarida o‘tkazilgan islohotlar davomida qishloqda yangi xo‘jalik tuzilmasi shakllandi. Yerga bo‘lgan mulkchilik jarayoni kuchaydi. Bu agrar siyosatdagi eng muhim masala.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, hatto zarar bilan ishlayotgan, jamoa xo‘jaliklari ham fermer xo‘jaliklariga aylantirilsa, ularda ishlab chiqarish rivojlanadi, moddiy resurslar tejaladi, iqtisodiy ahvol yaxshilanadi. Fermer xo‘jaliklariga o‘z rivoji jarayonida erkin iqtisodiy faoliyat yuritish uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan.



Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin