Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


O‘tish iqtisodiyoti xavf-xatarlari va unga qarshi kurash samaradorligi



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə8/9
tarix13.10.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#154993
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta\'minlash strategiyasi

2.3.O‘tish iqtisodiyoti xavf-xatarlari va unga qarshi kurash samaradorligi
Patriarxal jamiyatda chinovniklarni boshqarishning odatiy belgilari ularning keluvchilarga bo‘lgan munosabatlari yoki ularga munosabatda bo‘lganlargaqarata qilingan harakatlari bo‘lgan. Lekin taraqqiyot, davlatning fuqarolariga bo‘lgan munosabati, ya`ni “chin ko‘ngildan” qilingan sovg`larni pora sifatida, davlat odamlarining fuqarolarga bo‘lgan norasmiy munosabatlari doirasini “korrupsiya” atamasi bilan atashgan. Lekin bittagina noomlash bilanmuammo hal bo‘lmaydi. Insoniy munosabatlar tizimi qiyin va uzoq vaqtda o‘zgaradi. Shuning uchun uchinchi ming yillik boshida korrupsiya bilan kurashish jamiyat qarashlarida markaziy o‘rin tutadi.
Korrupsiya – deyarli kop` qirrali ko‘rinishda va kengroq qilib aytganda,o‘z mavqeyidan, shxsiy manfaatlarida foydalanishdir. Qisqacha qilib aytganda, korrupsiya – bu, amaldor shaxslar o‘z amalini suistemol qilishi yoki bu amaldan moddiy ta`minlanish uchun foydalanishidir. Poraxo‘rlik ko‘rinishi –bu, qachonki amaldor o‘z vazifasini taqazo etgan shartlarni buzganligi uchun emas, balki shu ishni qilganligi uchun haq to‘lash. Poraxo‘rlik amaldor vazifasining noaniqligidan, davlatning ma`muriy va iqtisodiy tomondan yaxshi ta`minlanmaganligidan kelib chiqadi. Agarda korrupsiya mexanizmi orqali kriminalelementlar amaldorlarga ta`sir qilsa va ularni noqonuniy munosabatlar tizimiga tortib, kriminallashgan amaldorlarni iqtisodiyotning boshqa subyektlaridan pul vositalarini ko‘plab olishadi. Bu pulni to‘plash uchun o‘sha iqtiosdchi hisobini aoliq orqli chiqaradi va shu orqali ish mexanizmini olib boradi. Asosan korrupsiya iqtisodiy munosabatlarga, iqtisodiy o‘sish bo‘layotgan davlatlarning iqtisodiy potensialiga ta`sir qiladi.
Bugun, Jahon bank mutaxassislari G.Brodman va F.Rikanatin fikriga ko‘ra, “o‘n yil transformatsiyadan so‘ng korrupsiya hammaga tushunarli ko‘rinishda bo‘lib, eng oliy maqsadlar va islohotlarning yuzaga kelishiga xavf solishi mumkin. Iqtisodiy o‘sishdavridagi davlatlardagi siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar qiyinchiliklari vaqtida siyosatchilar korrupsiya qanday oqibatlarga olib kelishini bilishlari kerak”. Shuning uchun keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish iqtisodiy o‘sish davridagi davlatlarning siyosiy loyihasida asosiy element hisoblanadi. Bu davlatlar uchun eng ko‘p xavf –bu, ayrim korrupsiya yoki guruhlarning pora yordamida o‘zlari uchun kerakli qonuniy normalar va iqtisodiy maqsadlarni amalgam oshirishi hisoblanadi. Ko‘pgina izlanuvchilar ( D.Djons, D.Kaufman, DXellman) ning fikricha, bunday holat keng ko‘lamda xususiylik huquqi yetarli bo‘lmagan, iqtisodiy liberallashish va raqobatchilik rivojlanmagan davlatlarda yuzaga keladi.
Korrupsiya chet el investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatiga salbiy ta`sir qiladi. Izlanishlar mobaynida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1998 yilda rivojlanayotgan 22 ta mamlakatda, chet el investitsiyasi hajmi fuqarolar daromadi bilan teskari bog`liqlikda bo‘lib, aksincha yuqori davlat etalonlarida korrupsiya kengayishi va katta kontraktlar tuzilishida pora olish yotadi. Masalan 1994 yildan 1999 yilgacha bo‘lgan davrda Belorusiya, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Ukrainaga qilingan to‘g`ri chet el investitsiyalari aholi jon boshiga 20 dollardan to‘g`ri kelgan. Ayni paytda bu boradagi ko‘rsatkich Polsha va Slovaniyada tahminan 100, Vengriya va Chexiyada 200 dollarni tashkil etgan. Bunda korrupsiya darajasi keyingi davlatlar guruhida past. AQSh milliy iqtisodiy analiz byurosining 2000 yilda nashr etilgan dokladida Sharqiy Yevropa davlatlari va sobiq SSSR o‘tgan asrning 90-yillari ma`lumotiga ko‘ra, korrupsiya chet el investitsiyasiga qimmat ishchi kuchi yoki yuqori soliq stavkalari kabi to‘sqinlik qiladi. Mustaqillik yillarigacha Ukrainada chet el investitsiyasi 1,4 mlrd. dollar bo‘lsa, davlatdan 15-20 mlrd dollar chiqib ketgan. Bunda qisman korrupsiya va jinoyatchilik reaksiyasi ta`siri bo‘lsa kerak.
Poraxo‘rlik gullab-yashnashi uchun xo‘jalik yuritishning me`yoridan oshiq bo‘ysundirilganligi va o‘nlab muassasalar tomonidan tartibga solinishi, shuningdek, mansabdorlarning bemalol izohlashiga keng ko‘lamochib beradigan xo‘jalik qonun me`yorlarining yetarli darajada emasligi qulay sharoit yaratadi.
Umuman olganda, korrupsiya jinoiy sektorga va boshqa noqonuniy iqtisodiy sohalar bilan aloqadorligi uchun qonun tomonidan man qilingan.
Shuni ta`kidlash kerakki, poraxo‘rlik rivojlanishining qulay sharoiti xo‘jalik faoliyatining haddan tashqari reglamentlashgani va uni o‘nlab idoralar tomonidan tartibga solinishi, shuningdek, amaldorlarga ixtiyoriy ravishda tushuntirish uchun keng imkoniyat beradigan, xo‘jalik haqidagi qonunlar to‘g`ri ta`sir normalarining oxiriga yetkazilmaganidir.
Amaldorlarning tadbirkorligi poraxo‘rlikdan pora beruvchi tarafning yo‘qligi bilan farqlanadi. Bu yerda xizmat qoidalarini buzishning buyurtmachisi –ma`lum qarorni qabul qilish yoki moslashuviga monopoliyadan tadbirkorlik yoki renta daromadini oluvchi ijrochining o‘zidir. Bunday holatlarni xususiy munosabatlarning tarmoqlari amaldorlarni muayyan xususiy manfaatlar bilan bog`lashi ro‘yobga keltiradi. Ba`zan bunday bog`lanishlar muayyan amaldorni muayyan tuzum tomonidan “pul to‘lab qutqarish” ni, ammo ko‘proq hollarda, davlat xizmatchilari va tadbirkorlari tomonidan bir-biriga ko‘rsatadigan o‘zaro xizmatlar tarmoqlariga kiritilganligini ko‘zda tutadilar.
Umuman olganda, korrupsiya qonun bilan ta`qiqlangan faoliyat ko‘rinish sifatida jinoyat sektoriga qarashli va nolegal iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan tor bog`langan. Agarda jinoiy elementlar amaldorlarga ularni qonunga xilof munosabatlar tizimiga tortib, ta`sir ko‘rsatsa, jinoyatga qo‘l urgan amaldorlar qonunlar maromiga yetkazilmaganligidan foydalanib, iqtisodiyotning rasmiy subyektlaridan poraxo‘rlik mexanizmlari orqali pul mablag`larini tovlaydialr. Oxirgilar esa bu mablag`larni to‘lash uchun hisobotni noto‘g`ri berishga, soliqdan ozod etishga, ya`ni iqtisodiyotning sog` sohasiga xos bo‘lgan faoliyat mexanizmini o‘zlahtirishga urinishadi, bu esa uning kengayishiga olib keladi.
O‘tgan asrning 80 va 90 yillarida korrupsiya bilan bog`liq bo‘lgan ko‘p sonli janjallar bo‘lgan edi. Ayniqsa, demokratiya mexanizmlaribo‘lmagan eng kam rivojlangan mamlakatlarda korrupsiya tezroq rivojlanadi. Shunday qilib, Nigeriyada yuqori mansabli amaldorlarning o‘g`rilikalri natijasida 1992 yili davlat hisoblaridan 3 mlrd dollarga yaqini (10% YaMM), 1993 yilning birinchi yarim yilligi davomida yana 1,5 mlrd dollar yo‘qolgan. G`arb iqtisodchilarining fikricha, bu mamlakatda 1990 yilning iyuli va 1991 yilning maylari orasida neft sotilishidan hisobga olinmagan daromadlar 3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Rivojlanuvchi mamalakatlarda korrupsiya eng ko‘p yo‘liqqanlari Osiyo davlatlari hisoblanadi. Bu mintaqada ishlaydigan menejerlar so‘roqlarining natijasiga ko‘ra, bunda rahnamollik xitoy, Hindiston va Indoneziyaga tegishlidir. Xususan, Hindistonda, oppozitsiyaning ma`lumotlari bo‘yicha, Vazirlar mahkamasining sobiq raisi Napasimxa Raoning eng yaqin izdoshlari turli xil qurbonliklar va poralar sifatida noqonuniy 850 ming dollar olishgan. Firibgarliklarda har xil firmalarga imtiyozlar va yengilliklar berish uchun pora olgan 115 ta taniqli siyosatchi va davlat amaldorlari aralashganligi ma`lum bo‘ldi.
O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda korrupsiya faol rivojlanmoqda. U qanchalik xavf-xatarli ekanligini Rossiya misollida ko‘rish mumkin. Kichik korxonalar vakillarining 11- Butun Rossiya qurultoyida keltirilgan, Sankt-Peterburgdagi 200 tijorat tuzumlari rahbariyatlarining so‘roqlarini natijasi bo‘yicha, so‘ralganlarning 98%i o‘z tadbirkorlik faoliyati davrida (1 yildan 5 yilgacha) mansabdor shaxslar tomonidan bevosita yoki bilvosita tovlamachilikka duch kelishganini; tadbirkorlarning 96 %i pora berishga majbur bo‘lganlarini aytishdi. Faoliyatida poraxo‘rlik eng ko‘p tarqalgan idoralar sifatida bojxona xizmatlar, tijorat tuzumlarini ro‘yxatga olishni amalgam oshiruvchi, xususiylashtirish va davlat mulkini boshqaruvchi, binolarni ijaraga beruvchi muassasalar, shuningdek, arbitraj sudlarining nomlari aytilgan edi. Boshqa tekshiruvchilarning ma`lumotlariga ko‘ra, so‘ralgan tadbirkorlarning 90 %i turli davlat idooralari xizmatchilariga pora bermasdan o‘z ishlarini saqlab qolishlari mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois ulardan 63%i ijroiya qo‘mitalari, 58 %i moliya-nazorat idoralari, 48%ibojxona va tashqi savdo tashkilotlari xizmatchilariga, 45%i turli darajadagi deputatlarga,35%i militsiya, 25%i sud va prokratura xodimlariga pora berishga majbur edilar. Bu korrupsiya faoliyatining eng yuqori ko‘rsatkichi deb belgilandi. Poraxo‘rlk aniqlangan holatlarni ularning amaldagi darajasiga nisbatan qiymatlarini ekspert baholash 0,1 dan 2% gacha o‘zgarib turadi.
Ammo oxirgi o‘n yillikda korrupsiya yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham faol tarqalayapti. Agar o‘tgan asrning 80—yillaridagi Olmoniyaning yetarlicha yaxshi obro‘ga ega bo‘lgan menejerlari va hukumat korrupsiyani mamlakatning ish iqlimiga jiddiy xavf-xatar deb hisoblamagan bo‘lsa, 1994 yili pora ilishda davlat ammaldorlaridan 2000 ga taqini ayblangan va Olmoniya iqtisodiyoti poraga turli xil shartnomalarni tuzishdan yiliga 10 mlrd markagacha yo‘qotar, poraxo‘rlik xususiy biznesda ham tarqalgan edi.
Masalan, katta janjal “Mersedes-Bens” konsernining yetakchi menejerlaridan biri dilerlarga poraga savdoning imtiyozli sharoitlarini yaratib, 2,3 mln doych marka ishlagani bilan bog`liq edi. Shu konsernnning eksport bo‘limi boshlig`i xizmatchilari bilan birgalikda Yaponiyaga yuborilishi kerak bo‘lgan avtomobillarni poraga Turkiya va Sharqiy Ovrupaga imtiyozli narxlar bo‘yicha sotishgan, bu konsernga 20 mln doychmarka zarar yetkazgan.
1994 yilning mayida 1995 yilning mayigacha bo‘lgan davr ichida AQSh ma`muriyatiga poraxo‘rlik natijasida Amerika kompaniyalari taxminan 45 mlrd dollarli foydadan quruq qolgan 100 holat ma`lum bo‘ldi, 1996 yilning birinchi yarmida shu sabablarga ko‘ra, ular 20 mlrd dollarli shartnomani yo‘qotishdi.
Korrupsiyaning oxirgi o‘n yillikda juda keng tarqalishi va globallashtirish sharoitida faqat alohida milliy iqtisodiyotlargagina emas, balki jahon iqtisodiy rivojlanishining moslashuviga keltiradigan katta zarari, u bilan kurashni xalqaro darajada kengaytirish kerakligini belgilaydi. Bunday kurashning tashabbuskori va rahnamosi bo‘lib AQSh chiqdi. AQShning iqtisodiyot va biznes ishlari bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisi Alan P. Larson aytishicha, “Har qaysi mamlakat tijorat poraxo‘rligi bilan kurash uchun javobgardir. Milliy darajada qonun chiqarish choralari vositasida kelishilgan harakatlar qabul qilish vaqti keldi. Harakatsizlik rivojlanuvchi jahondagi demokratiyani sndiradi. U, shuningdek, bizning institutlarimiz va qadriyatlarimizga xavfli, parchalovchi ta`sir ko‘rsatadi”.
Ko‘pchilik mamlakatlarning qonunchiligida ilgaridan shu mamlakatning rasmiy shaxslarimi poraxo‘rlik uchun jazolaydigan moddalar mavjud. Ammo mamlakat fuqarolarini xorijiy davlatlarning rasmiy shaxslariga pora berishi uchun jazolaydigan modda birinchi marta 1977 yili AQShda, xorijiy korrupsiya to‘g`risidagi qonun qabul qilingach, paydo bo‘ldi. Bu qonun va u bilan bog`liq bo‘lgan hujjatlar o‘nlab Amerika korporatsiyalarini sud tomonidan ta`qib qilish va jazolashga asos bo‘ldi. Bunda sud tekshiruvlarini qo‘zg`atish va olib boorish uchun kerak bo‘lgan ma`lumotlarni bergan boshqa mamlakatlar hukumatlarining yordamidan keng foydalaniladi.
Daniya hukumati va Jahon Banki loyihasi asosida tashkl etilgan Indem jamg`armasi xulosasiga ko‘ra, “rossiyaliklarning har yiliga pora va boshqa noqonuniy to‘lovlari summasi 36 mlrd dollarni tashkil etadi, bu Rossiya YaMM 12% idir, aslida bu ko‘rsatkich bundan ham yuqori, chunki ular minimal darajadagi sonlarga tayanganlar. Har bir biznes loyihasining 10% ni pora “hazm qiladi”. Poralarning katta qismi -34,6%i sanitary xizmatlar, yong`in xavfsizligi, 34,2%i litsenziyalash organlari tomonidan olinadi. Soliq xizmati kabi iqtisodiy tashkilotlarga poralarning 22%i to‘g`ri keladi. Indem tadqiqodchilari xulosasiga ko‘ra, pora firmaning faoliyat samarasiga deyarli ta`sir etmaydi.
XULOSA.Bizga ma`lumki iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanish barqarorligini ta`minlovchi muhitga o‘xshash muhitni tashkil etuvchi omillar yotadi. Milliy va iqtisodiy xavfsizlik quyidagi sinflardan iborat: siyosiy harbiy axborot, iqtisodiy va ijtimoiy- iqtisodiy xavfsizlik. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy ustuvor yo‘balishlari milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog`liq ravishda aniqlanadi.
Ana shu fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu tayyorlangan B.N.I ga quyidagi xulosalarni keltirish lozim bo‘ladi:
Milliy iqtisodiyotning asosiy manfaatlari asosi va islohotlarning eng muhim strategik vazifasi bo‘lmish iqtisodiy va milliy xavfsizlik asosi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, shaxsiy va mulkiy dahlsizlik; yashash minimumi; inson faravonligi va boshqalar ko‘rib chiqilgan.
Iqtisodiy xavfsizlikning qisqacha tahlili ta`qiq qilingan respublikamizda makroiqtisodiy va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash to‘lov intizomini yaxshilash, iqtisodiy xavfsizlikning asosiy omillari hisobga olingani borasidagi ijobiy natijalari ko‘rsatilgan.
Iqtisodiy xavfsizlikning ichki omillari –tabiiy landshafti va qor bilan qoplangan baland tog`lari, sersuv daryolari va butunlay sersuv daryolari va butunlay sersuv maydonlari borligi; Internet axborot-informatsion vositasidan keng foydalanishda xavfsizlikni ta`minlash masalalarini mavjudligi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “O‘zbekiton iqtisodiyotida xususiy sektorining ulushi va ahamiyatininng tubdan oshirish chora tadbirlari to‘g`risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-uil 24- yanvardagi PF-3202-sonli farmoni.
2.Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g`risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil, 24- martdagi PF-3226-sonli farmoni.

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin