Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


Tadqiqotning ilmiy yangiligi



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə3/9
tarix13.10.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#154993
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta\'minlash strategiyasi

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.Zamon talabidan keli chiqib hozirgi sharoitda iqtisodiy xavfsizlik va uni takomillashtirish muammolarini mikro va makro iqtisodiyot tarzida o‘rganishdan iborat.
Ishning birinchi bobida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, turlari va uni ta`minlashdagi umumdavlat ishi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiy manfaatlari, unga bo‘lgan xavf, shuningdek milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish shakli va vositalari sifatida tahlil qilingan.
Ishning ikkinchi bobi iqtisodiy xavfsizlikning ichki va tshqi omillari, tizimi faoliayti o‘rganilgan.
I BOB. IQTISODIY XAVSIZLIK VA UNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi va turlari
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o‘zbek iqtisodiyoti boshqaruv organlari leksikasida yangi. Xorijiy mamlakatlar boshqaruv tuzumlari faoliyati amaliyoti uchun esa avvaldan qo‘llanib kelinayotgan tushuncha bo‘lib, juda keng sharhlanadi. Chunonchi, iqtisodiy xavfsizlik davlat milliy xavfsizligini ta`min etuvchi asosiy bo‘g`inlardan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlash yo‘llari, vositalari va usullariga asoslanuvchi qarashlar yig`indisidir. Konseptual ko‘rinishda u davlat iqtisodiy potensial holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillari tahliliga asoslanadi. Kuchsiz va samarasiz iqtisodiyot davlat xavfsizligini ta`minlashi mumkin emas. Bu ijtimoiy nizolarga to‘la jamiyatda, ayniqsa yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Chunki “iqtisodiy xavfsizlik” va “ijtimoiy xavfsizlik” o‘zaro bog`liq tushunchalar bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanish barqarorligini ta`minlovchi muhitga o‘xshash muhitni tashkil etuvchilar yotadi. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Barqarorlik- bu, jamiyatning favqulotda holatlarda hamda o‘z manfaatlarini qondirish qobiliyati, vaziyatini tiklash imkoniyatidir.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi ilk bor resurslarni chegaralanganligi to‘g`risidagi masala keskinlashgan bir paytda yuzaga keladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining ta`riflari ko‘p. Ularni umumlashtirgan holda oladigan bo‘lsak, iqtisodiy xavfsizlik – bu, davlat iqtisodiy tizimiga ta`sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko‘p ifodalanishiga imkon beruvchi ( ichki va tashqi) shart va omillar yig`indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflari va yo‘qotishlariga qarshi turish qobiliyatidir. Demak, tashqi iqtisodiy aloqalar murosasiz tus olayotgan vaziyatda, iqtisodiy xavfsizlikka dahl qiluvchi mamlakatning milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan omil va sharoitlar kiradi. Ular ikkiga - tashqi va ichki xavflar bo‘linadi.
O‘zbekiston uchun tashqi xavflarga quyidagilar kiradi:

  • uning xorijiy bozorlarga chiqishiga, xalqaro moliya iqtisodiy va savdo tartiblash mexanizmlarida ishtirokiga, yangi texnologiyalarga erishishiga ;

  • global Jahon iqtisodiy tizimiga (BTO) va Markaziy Osiyo regioni chegarasida iqtisodiy integratsiyaga to‘sqinlik qilish;

  • tashqi transport, axborot va ilmiy texnika kommunikatsiyalari tizimining rivojlanmaganligi va boshqalar.

Mamlakatning ichki xavflari quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiyotdagi totalitar tuzumdan qolgan chuqur qayta ishlamaslik, soha va hududiy disproportsiyalar;

  • yer-suv va ba`zi turdagi muhim mineral xomashyo ressurslarining cheklanganligi;

  • iqtisodiyotga, ayniqsa, ba`zi regionlarga, yuqori demografik bosim;

  • ko‘p sohalaridagi ishlab chiqarishning yuqori chiqimga va raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulot chiqarishga olib keladigan past texnik darajasi;

  • iqtisodiyot sohasida yangi huquqiy asos shakllanishi va uni amalga oshirish mexanizmlarini yaratish ishlariga oxiriga yetkazilmaganligi;

  • boshqaruvga yondashishning ma`muriy boshqaruv tizimiga xos bo‘lgan usullari va iqtisodiy jihatdan eskicha fikr yuritish retsidivlarining saqlanib qolishi, ba`zi boshqaruv bo‘g`inlarida xo‘jalik faoliyatining bozor prinsipi va mexanizmlarini yetarli darajada tushunmaslik;

  • iqtisodiyotning turli sektorlari va sohalarida bozor o‘zgarishlari darajasi va dinamikasi, shuningdek, shahar va qishloq orasidagi tafovutlar;

  • bozor infratuzilmasining rivojlanmaganligi ;

  • moliya, bank-kerdit va valyuta tizimlarida pul aylanishining beqarorlashish xavfi; iqtisodiy sohada jinoyatning tarqalishi, xo‘jalik subyektlari huquqiy himoya mehanizmining mukammal emasligi va boshqalar.

Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti davlatning tashkil etilgan va muvofiqlashgan iqtisodiy munosabatlaryig`indisi sifatidagi iqtisodiy tizimidir. Davlat faoliyatining iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi vazifalari quyidagilar:
-kelgusida ijtimoiy –iqtisodiy tizim va davlatni beqarorlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli omillar monitoringi va tavsifi;
-bu omillarning zararli ta`sirini yo‘qotadigan yoki yumshatadigan iqtisodiy siyosat va institutsional o‘zgarishlarni iqtisodiy islohotlarning yagona dasturi chegarasida shakllantirish.
Iqtisodiy xavfsizlik inshootlari- bu, xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va stratigik maqsadini tashkil etuvchi, real mavjud bo‘lgan hodisa, jarayon va munosabatlaridir. Iqtisodiy xavfsizlik inshootlariga shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Iqtisodiy xavfsizlik muammolarini o‘z inshootlari- mamlakaning iqtisodiy tizimi bo‘lgani kabi, boshqa mumkin bo‘lgan faoliyat sohalari bilan o‘zaro ta`siri kesishishidagi inshootlari: harbiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, axborot va hokazo inshootlari ham bor. Iqtisodiy xavfsizlikning muhim me`yori shaxs, guruh, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga rioya qilish, ularning xavfsizlik ta`minlanishiga o‘zaro javobgarligidir.
Iqtisodiy xavfsizlik subyektlariga funksional va soha vazirlik va boshqarmalari, soliq va bojxona xizmatlari, banklar, birjalar, jamg`armalar va sug`urta komponiyalari, mos qo‘mitalari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchilar va sotuvchilar, iste`molchilar jamiyatlari kiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning o‘ziga xos ahamiyatini hisobga olmaslik mamlakat iqtisodiy rivojlanishida yomon oqibatlarga olib keladi. Bunga 2011 yil 11 sentabrda Nyu York, Vashingtonda uyushtirilgan terroristik aktlar misol bo‘la oladi. Terroristik akt natijalari AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarda retsessiy sur`atlari o‘sishida namoyon bo‘ladi . Demak, xavfsizlik masalalari iqtisodiy rivojlanish masalalari bilan tor doirada bog`liq. Sunday qilib yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish sohasidagi muammolar havo transporti, sug`urta sohasi turizm tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar qisqartirilishi bilan to‘ldirilgan edi. Natijada ish joylarini yo‘qotishi, kompaniyalar, aholi daromadining pasayishi, jahon ichki bozorlarida tovar xizmatlarning narxi ko‘tarilishi sodir bo‘ldi.
Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish muammolari rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Xalqaro bank ma`lumotiga ko‘ra
AQShdagi terroristik aktlar va ularga javoban Amerikaning harbiy harakatlari jahonning boshqa regionlaridagi terroristik harakatlar natijasida
10 mln. ga yaqin aholi past darajali hayotga mahkum etilgan; ochlik va oziq-ovqatdan mahrumlik oqibatida 6 yoshgacha bo‘lgan 20 mingdan 40 minggacha bola o‘lgan; o‘sish sur`atlari sekinlashgan.
Milliy manfaatlar va maqsadlar kontekstida milliy va iqtisodiy xavfsizlikni sinflarga ajratish mumkin:
Siyosiy xavfsizlik shaxs ustuvorligiga asoslangan turli ijtimoiy guruhlar manfaatlari balansini ta`minlovchi siyosiy tuzum shakllantirilishi bilan erishiladigan, jamiyatning siyosiy barqarorligi va davlatlararo munosabatlar tizimi chegarasida barqaror siyosiy mustaqillik mavjudligini; ichki va tashqi siyosat shaxs va jamiyatmanfaatlari doirasida mustaqil o‘tkazilishini ko‘zda tutadi; millat va u tashkil etgan davlat institutlari tomonidan davlat tuzilmalari masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati ta`minlanadi.
Harbiy xavfsizlik –urush imkoniyati kam bo‘ladi, chunki taraflardan hech birida boshqa tarafga nisbatan harbiy harakat boshlashga sabab bo‘lmaydi, davlat mudofaa qobiliyati va davlatlararo munosabatning holati keskinlashadi.
Axborot xavfsizligi – shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini u yoki bu sohada ( axborot qamali, axborot interventsiyasi, axborot urushi, dezinformatsiya va boshqalar) atayin yoki bexosdan qilingan ta`sirlardan himoyalashdir.
Ekologik xavfsizlik –inson yashash muhitining iqtisodiy ko‘rsatkichlari umuman, biosferani, atmosfera holati, gidrosfera, lektosfera, o‘simlik va hayvonot dunyosining turlar tarkibini, shuningdek, insonning turli faoliyati natijasida qayta tiklash mumkin bo‘lmagan tabiiy resurslar yo‘q bo‘lib ketishi xavfining oldini olish.
Ijtimoiy –iqtisodiy xavfsizlik – jamiyat a`zolarini har qanday jismoniy va axloqiy kuch ishlatishdan, siyosiy va g`oyaviy zo‘ravonlik, ijtimoiy va milliy kelishmovchilikdan himoyalash, subyektlarning ijtimoiy, siyosiy manfaatlarini, siyosiy, ijtimoiy va milliy mustaqilligini, ijtimoiy, siyosiy aloqalar va kommunikatsiyalarni chegaralash xavfi va boshqalar.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashni asosiy ustuvor yo‘nalshlari milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog`liq ravishda aniqlanadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, uning murosasozligini oshirishga, real mulkdorlar sinfini shakllantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni ketma-ket o‘tkazish;
xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes rivojlanishini rag`batlantirish;
mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni himoyalash, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta`minlashning amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish;
barqaror va dinamik iqtisodiy o‘sish asosida insonlarning munosib hayot sharoitlarini tashkil etish;
investitsion faoliyatni faollashtirish, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarilishini tashkil etish hisobiga mamlakat iqtisodiy mustaqilligiga erishish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalgam oshirish;

  • makroiqtisodiy barqarorlik, moliya, pul-kredit tizimlari barqarorligini ta`minlash, milliy valyutani kuchaytirish;

  • agrar sektorda radikal o‘zgartirishlarni amalga oshirish, qishloqda bozor mexanizmini rivojlantirish, dehqonlarda xo‘jayinlik hissini uyg`otish;

  • tabiiy, xom ashyo, iqtisodiy va ilmiy- texnika potensialini oqilona ishlatish, mamlakat regionlarini majmuaviy rivojlantirish;

  • iqtisodiyotning favqulodda holatlarda barqaror ishlashini ta`minlash;

  • tashqi iqtisodiy integratsiyani faollashtirish, xorijiy kapitalni keng kiritish, eksport potensialini rivojlantirish, mahsulot eksporti va importi tizimini takomillashtirish va boshqalar.


Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin