Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta\'minlash strategiyasi
2.2. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy strategiyalari Agar biz AQSh va O‘zbekistonning stratigik hamkorligi tarixiga chuqurroq nazar tashlasak, shuni ko‘ramizki, bu ikkita mamlakat o‘zaro hamkorligini yillar davomida bosqichma- bosqich rivojlantirib kelmoqdalar. Bu hamkorlikni 3 bosqichga bo‘lish mukin. Birinchi bosqich O‘zbekistonning mustaqilligidan oldingi yillar va mustaqillikning dastlabki 3 yilini qamrab oladi. Bu davr O‘zbekiston va hatto, Markaziy Osiyoning AQSh bilan hamkorligi yetarli darajada bo‘lmaganligi bilan harakterlanadi.
AQSh O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan oldi va O‘zbekistonda o‘zining diplomatic elchixonasini ochdi, Respublikamizda amalgam oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni o‘rganib chiqdi, tashqi va ichki siyosati kuzatdi. Shu tariqa yildan-yilga aloqalar kengayib bordi.
1993 yildan 2001 yil 11 sentabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqichda hamkorlikning yangi qirralari amalgam oshirildi. Bu sdavrda hamkorlik aloqalari kengayib, O‘zbekistonga AQSh investitsiyalari kirib kela boshladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov AQShga tashrif buyurdi. Savdo-sotiq aloqalari tez sur`atlar bilan rivojlana bordi, ilmiy-texnikaviy hamkorlik mustahkamlandi. Madaniy va gumanitar aloqalarning yangi shakli yuzaga keldi.
Bu davr mobaynida mustaqil tashqi siyosat tufayli O‘zbekiston xalqaro aloqalarning faol subyektiga aylandi, xalqaro terrorizmga, giyohvandlikka qarshi olib brogan siyosati tufayli xavfsizlikni va mutanosiblikni vujudga keltirdi hamda jahonda o‘ziga yarasha nufuzga ega bo‘ldi.
Uchinchi bosqichda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida strategic hamkorlik amalgam oshirildi va u asosan 2001 yil 11 sentabrdan so‘ng rivojlandi. Bu hamkorlikning asosiy sababi va vazifalari quyidagicha:
AQShning O‘zbekistonga Markaziy Osiyoda tinchlik o‘rnatish, xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashuvchi yagona va samarali hamkori sifatida qarashi;
AQSh xalqining xalqimiz hamda Prezidentimiz bilan do‘stona munosabatlari;
AQShning keng ommasi, tadbirkorlar doirasi O‘zbekistondagi iqtisodiy yutuqlarni tan olayotgani va uning rivoji uchun investitsiyalar kiritayotgani;
O‘zbekistonni AQShning rivojlangan iqtisodiyoti, demokratik qoidalari, ilmiy- texnikaviy salohiyati qiziqtirishi.
Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalar yakka fikrlik asosida rivojlanib va shakllanib keldi. 11 sentabr voqealari esa ularning keyingi rivojlanishiga zamin yaratadi.
AQSh va O‘zbekiston strategic hamkorligining bosh maqsadi ular tomonidan qabul qilingan dekloratsiyada to‘liq ifodasini topgan. Bu dekloratsiya huquqiy-siyosiy hujjat bo‘lib, tomonlarning majburiyat va javobgarliklarini belgilaydi, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, huquqiy sohalaridagi hamkorligini ta`minlaydi. Agar ikki mamalakatdan birida xavf-xatar paydo bo‘lsa, ikkinchi mamalakat ham bu xatarni o‘ziga qaratigan deb hisoblaydi va undan tezda xolos bo‘lishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A. Baxromov boshchiligidagi delegatsiya vakillarining Amerika tomoni taklifi bilan Vashingtonga qilgan tashrifi, AQShning monopoliyaga qarshi davlat organlari hisoblangan Federal Savdo Komissiyasi
(FSD) va Adliya departamenti antitrust bo‘limi rahbarlari va mutaxasislari bilan uchrashuvlari o‘zaro ishonch hamda manfaatli hamkorlik ruhida o‘tdi. Dunyoning yetakchi davlatiga qilingan ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad –ikki mamlakatning monopoliyaga qarshi organlari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish va yanada yaqin hamkorlik asoslarini shakllantirishdan iborat edi. Ushbu tashrif chog`ida, shuningdek, iqtisodiyotning turli jabhalarida monopoliyaga qarshi ishlarga aloqador qator masala va muammolarni muhokama etish ham ko‘zda tutilgan edi. Masalan, Federal Savdo Komissiyasi va Adliya departamenti vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida tabiiy monopoliyalar, telekommunikatsiyalar, yuklarni temir yo‘llar orqali tashish, elektr energetikasi, tabiiy gaz sohalarida monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e`tabor Federal Savdo Komissiyasi va Adliya departamentining usshbu sohadagi tuzilmaviy tub o‘zgarishlarni amalgam oshirish tajribasi va ularni mamlakatimiz sharoitada afzallik tomonlari muhokamasiga qaratildi.
Shuningdek, tomonlar qo‘llanilayotgan tartibga solish chora-tadbirlari, qonunchilik buzilishi holatlarini ko‘rib chiqish tizimi bo‘yicha ham tajriba almashdilar. Monopoliyaga qarshi tartibga solish ishlarining qonunchilik bazasi ham tahlil etildi. Ushbu ishlar muhokamasi davomida muayyan holat bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda iste`molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari alohida muhokama qilindi. Muhokama davomida amerikalik hamkorlar O‘zbekiston vakillarini Federal Savdo Komissiyasining iste`molchilarni himoya qilish byurosi huzuridagi Iste`molchilar markazi faoliyati bilan tanishtirishdi. Byuro direktori o‘rinbosari Xyu Stivenson bilan uchrashuv chog`ida Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitaning xalqaro miqyosda iste`molchilar huquqlarining buzilishi holatlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki istiqbollari muhokama etildi.
Xalqaro texnik yordam direktori Djeyms Xattil, bosh maslahatchi Vilyam Kovasik bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar kooperatsiya va xalqaro hamkorlik masalalari, tajriba almashish, muayyan holatlarni ko‘rib chiqishda yordam berish imkoniyatlari muhokamasiga bag`ishlandi. Amerika tomoni xalqaro monopoliyaga qarshi tartibga solishni amalga oshirishda doimiy aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini bidirdi. Bundan tashqari, vakillarimizning Federal Savdo Komissiyasi raisi Timotti Muris, Federal Savdo Komissiyasiva Adliya departamentining Antitrast bo‘limi tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari bilan O‘zbekistonning AQShdagi Favqulotda va Muxtor elchisi sh, Hamroqulov ishtirokida rasmiy uchrashuvi bo‘lb o‘tdi.
Uchrashuv chog`ida amerikalik hamkorlar respublkamizning Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi to‘g`risida rasmiy xatni topshirishdi. Ushbu hujjatda ma`lumot almashsish va raqobat siyosatining o‘zaro qiziqish tug`diruvchi ayrim jihatlarini muhokama etish to‘g`risidagi istak bayon etilgan, shuningdek, texnik yordam ko‘rsatish imkoniyatlari mavjudligi ham ta`kidlangan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz davlatlararo aloqalarning g`oyat muhim yo‘nalishlari bo‘yicha izchil va sobitqadamlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi yordam berdi. Mazkur tashrif chog`ida AQSh Prezidebti J.Bush va boshqa yuksak martabali shaxslar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, o‘zbek-amerika siyosiy maslahatlashuvlari ham o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston va AQSh nafaqat xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda, balki boshqa ko‘plab xalqaro muammolarning yechimini belgilashda mushtarak nuqai nazrga ega. Zero, faqat istiqbolli davlatlargina AQSh bilan bunday hamkorlik o‘rnatish imkoniga ega.
Dunyoning yetakchi davlati bo‘lgan, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intellectual salohiyatga ega AQSh bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish biz uchun ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. AQSh jamiyatimizni yangilash, isloh qilish va demokratiyalashtirish, respulikamizning davlat mustaqilligi va suverinitetini mustahkamlash jarayoniga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Biz Amerika kompaniyalari va firmalari bilan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalgam oshirishga, ular bilan o‘zaro foydali sherikchilik munosabatlarini o‘rnatishga, Amerika kapitalining bozorlarimizdagi ishtiroki kengayishiga katta ahamiyat beramiz.
XXI asrga kelib, jahonga etnik guruhlar, millatlar urushlari va davlatlar o‘rtasida urushlar kabi xatarlar xavf solmoqda. Ularning oldini olish uchun muayyan choralar ko‘rilmoqda. Ammo jahon xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm kabi yangi shakldagi urushlarga yuyz tutmoqda. Ular insoniyat maqsadlariga batamom ziddir.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa mamalakatlari orasida xavfsizlik masalalarini hal qilish vazifasi paydo bo‘ldi. Shu maqsadlarni ko‘zlab, 1984 yil 17 martda Bryussel shahrida 50 yil muddatga “Bryussel shartnomasi” imzolandi. Uning bosh maqsadi umumiy xavfsizlikni ta`minlash va unga a`zo mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalarini rivojlantirishdan iborat edi. Shartnomaga Buyuk Brutaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksanburg a`zo obo‘lishdi va Shimoliy Atlantik hamkorlik kengashiga (NATO) asos soldi.
NATO qarorgohi Belgiyaning deyarli XIV asrdan ortiqroq tarixga ega poytaxti Bryusselda joylashgan. Uning binolari oldida 19 ta a`zo davlatlarrning bayroqlari havoda hilpirab turibdi. Aytmoqchi, NATOning emblemasida ham davlatlararo birlik va hamkorlikni ramziy ifoda etuvchi doira, uning o‘rtasida Shimoliy Atlantik hamkorlik kengashiga a`zo davlatlar tanlagan umumiy tich-totuvlik yo‘lini ko‘rsatib turuvchi kompos o‘rin olgan.
NATO nima degani? Oktabr to‘ntarishi dunyoga keltirgan sobiq sovet totalitar rejimi davrida bu tashkilotga har qanday shak-shubhadan holi bittayu-bitta qarash mavjud edi: NATO – jahon jandarmi, u ishchilar sinfi va mehnatkash dehqonlarni ezuvchi sinflar manfaatini himoya qiladi, ozodlik va demokratiyaning ashaddiy dushmani.
O‘sha paytdagi Kreml rahbarlarining bunday rasmiy xulosalari ommaviy axborot vositalari orqali butun jamiyat ongiga va qalbiga to‘xtovsiz singdirib kelindi. Biroq vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘ydi. Sovet rahbariyatining o‘zi tinimsiz va`da qilib kelgan “kommunizm” jozibali sarobdan, hom hayoldan boshqa narsa emasligi dunyoga ayon bo‘ldi. Xolbuki, bunday g`oyalar yo‘lida “tozalshlar” olib borilib,millionlab odamlar GULAG lar bag`rida qurbon bo‘ldi. Amalda sovet mamlakati “Xalqaro turmasi”ga aylandi. Va shunday jiddiy sabablarga ko‘ra, bu tizim yemirilib, o‘rnida mustaqil davlatlar qad rostladi.
Tarixiy 1991 yildan keyin odamlar fikrida va qalbida tub o‘zgarish ro‘y bera boshladi. Ularning, jumladan, Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi haqidagi qarashlar ham asos- asosidan o‘zgardi. Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston NATO ga sheriklik qila boshladi. Olyansga 19 davlatning amaldagi faoliyati shundan dalolat beradiki, ular yordamida dunyoning qaysi burchagida harbiy nizo tug`ilsa, uning olovi o‘chiriladi yoki oldi olinadi. Yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi, turli davlatlarning olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi, NATO ga a`zo davlatlar terrorchilik va giyyohvandlikka qarshi kurashda boshqa davlatlarga faol ko‘maklashadilar.
Bugun NATO yanada kengayishi arafasida turibdi: a`zo davlatlaridan tashqari, Alyans bilan so‘nggi yillarda yana 27 ta davlat hakorlik qilmoqda. Ular Sharqiy Yevropadagi Varshava shartnomasiga a`zo davlatlar, shuningdek, sobiq SSSR iskanjasidan xolos bo‘lgan davlatlardir.
1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” loyihasiga qo‘shildi. Bu loyiha jamoaviy xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham vujudga keltirishga qaratilagan. NATO bilan hamkorlik harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo‘lib turish, bu uyushma doirasida amalgam oshirilayotgan tadqiqodlar va ishlanmalardan baxramand bo‘lish imkonini beradi. NATO uchun mamlakatlarning tadbirlarida, jumladan, harbiy bo‘limalarning birgalikdagi mashqlarida qatnashish mumkin bo‘ladi. Bularning barchasi qismlarimizning jangovor tayyorgarligini ko‘tarishga, ilg`or jangovor tajribalarni o‘rganish, ya`ni pirovardida mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini yuksaltirishga yordam beradi. Shu bilan birga davlatimizning jahondagi iqtisodiy jihatdan rivojlangan demokratik mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi aloqalarini mustahkamlashga sharoit tug`iladi.