O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar markazi fan va texnika bo‘yicha davlat qo‘mitasini qayta tashkil qilish natijasida tuzilgan.
Ushbu markaz tomonidan hal qilinadigan bosh vazifalar quyidagilardir:
davlatning ilmiy-texnik siyosatini ilmiy-texnik taraqqiyotini ko‘rsatib, shakllantirish va o‘tkazish;
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining yirik ilmiy-texnik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, istiqbolli ishlanmalarni va texnologiyalarni joriy qilish, fan va ishlab chiqarishning aloqalarini mustahkamlashni tashkil qilish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash;
fan va texnika sohasining infratuzilmasini tashkil qilish va rivojlantirish;
respublikaning xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikda ishtirokining ustuvor va asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlar bilan fan-texnika kadrlarni tayyorlash sohasidagi aloqalarni rivojlantirish;
fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyotning tarmoqlariga joriy qilinishini nazorat etish.
O‘zbekiston Respublikasining mulkni boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi
Ushbu qo‘mitaning vazifalari quyidagilardir:
respublikaning davlat mulkini respublika va kommunal mulk (ma’muriyat-hududiy tuzilmalar mulki)ni bo‘linishini amalga oshirish;
davlat tasarrufidagi chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar va mulkning turlari hamda guruhlarini aniqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
past rentabelli va zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarni davlat tasurrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqida qaror qabul qilish.
Dostları ilə paylaş: |