O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligining bosh vazifasi – byudjetni tayyorlash va uni koinflyatsion moliyalashtirishdan iborat.
Bu vazifani hal qilish mamlakatning byudjetini tayyorlash; byudjetning O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanishi; byudjetni ijrosini moliyalashtirish; xarajatlarni nazorat qilish kabi bosqichlar orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirishga moliyaviy tizim orqali faol ta’sir ko‘rsatadi; moliyaviy resurslarning hamma turlarining o‘sishini ularni ishlab chiqarishning ustuvor yo‘nalishlariga, kompleks iqtisodiy dasturlarini, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirishga, zarur davlat zaxiralarini yaratishga konsentratsiyalash bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. U mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda moliyaviy intizomga rioya etilishining, ularning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarishlarini nazorat qilinishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligining asosiy vazifalari belgilab qo‘yilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
qimmatbaho qog‘ozlar bozorining shakllanishi, qimmatbaho qog‘ozlarning emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshirish;
moliya bozorini shakllantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
hissadorlik jamiyatlarining yagona registrini yuritish;
korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini ro‘yxatga olish;
xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliq jihatdan tartibga solishni amalga oshrish;
moliya, byudjet, valyuta va soliqlar sohasida rejalashtirishning va moliyalashtirishning usullarini takomillashtirish;
soliqqa tortish, monopoliyaga qarshi siyosat, baholarni shakllantirish, sug‘urtalash, valyuta moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish.
Bu vazirlik boshqa markaziy iqtisodiy idoralar: O‘zbekiston Respublikasning Iqtisodiyot vazirligi bilan – mamlakatning yig‘ma moliyaviy balansini tuzish bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasining monopoliyadan chiqarish va Raqobatni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan – ulgurji chakana va xarid narxlarini, shuningdek, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni ishlab chiqishda: Markaziy bank bilan – pul muomalasini mustahkamlash, respublika aholisining pul daromadlari va xarajatlarini muvozanatlashtirish yuzasidan choralarni ishlab chiqish bo‘yicha yaqindan ish olib boradi.
Dostları ilə paylaş: |