Bozorni tashkil qilish shakllari bo‘yicha mustaqil asosni belgilovchi va rol o‘ynovchi xo‘jalik yuritish jihatdan mustaqil tashkilotlarni ko‘rsatish lozimdir. Bularga:
1. Birjalar – umumiy bozorni segmentlari sifatida ochiq oldi-sotdi yo‘li bilan talab va taklifni muvozanatlashtirish. Tovarlar va xom-ashyo resurslari bozorini tartibga solish, unifikatsiyalash (bir xillashtirish), bozorni rivojlantirish va iqtisodiy indikatorlar (bozorlarda turli Iqtisodiy ko‘rsatkich va hokazolarning ko‘tarilishi yoki pasayishi) funksiyalarini rag‘batlantirish vazifalarini bajaradilar.
2. Auksionlar – (lotincha auctio – ommaviy savdodan) – individual faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga va qiymatga ega bo‘lgan tovarlarni sotish demakdir. Sotuvchi eng katta foyda olish uchun savdoda qatnashayotgan xaridorlarning raqobatidan foydalanadi.
3. Ko‘rgazmalar – reklama faoliyatini yo‘lga qo‘yish potentsial iste’molchilarga yangi mahsulot uni qo‘llash sohalari va sotib olish imkoniyatlari haqida axborot berish, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarini oqilona yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi tijorat axborotini almashish uchun o‘tkaziladi.
4. Yarmarkalar – ma’lum bir davr oralig‘ida, vositachilar, tashkilotlar vakillari ishtirokida, manfaatdor aniq sotuvchilar va xaridorlarning bu yerda taqdim etilgan tovarlarga kontraktlar va bitishuvlar tuzishlari uchun o‘tkaziladigan tadbirlardan iboratdir.