Davlatning iqtisodiy vazifalari
Har bir mamlakatga uning fuqarolari faol xo‘jalik faoliyatini olib borishni xohlashlari va olib borishlari, mumkin bo‘lishi uchun qanday sharoitlar zarur?
Insoniyat odamlarga kafolatlangan erkinliklar zarurligini tushunish jarayonida juda murakkab yo‘ldan o‘tib keldi. Bu erkinliklar quyidagilardir:
o‘z mehnati natijalari va mulkni erkin tasarruf etish;
tadbirkorlik erkinligi;
bitishuvlar tuzish erkinligi.
O‘z mehnat natijalarini erkin tasarruf etish – bu odam o‘z mehnati bilan yaratgan yoki ishlab topgan puliga sotib olgan ne’matlarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu shaxsiy va xususiy mulk shakllanadigan asosdir.
Tadbirkorlik erkinligi – bu iqtisodiyot sohasida nimani va qanday qilish kerakligini erkin tanlash huquqidir. Bu erkinlik tadbirkorga hech kim qaysi ne’matlarni va qanday usulda ishlab chiqarish buyurishga haqli emasligini – buni uning o‘z hal qilishga haqli ekanligini bildiradi. Faqat shunday sharoitdagina odam o‘z mehnati natijalari uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |