Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Mulk huquqining qonuniy mustahkamlanishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə94/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Mulk huquqining qonuniy mustahkamlanishi – jamiyat va davlat odamlarning (jismoniy shaxslarning) va firmalar (huquqiy shaxslar)ning o‘zlari yaratgan, sotib olgan, sovg‘a sifatida yoki meros tariqasida qo‘lga kiritgan istalgan turdagi mulkiga bo‘lgan huquqlarni tan oladilar demakdir. Davlat huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi idoralar yordamida shaxsning bunday huquqlarini himoya qiladi.

Fuqaroviy qonunchilik. Insonning xo‘jalik hayotida o‘zini tutish qoidalari bugungi kunda, odatda, fuqarolik qonunchiligining eng muhim qismini tashkil qiluvchi juda ko‘p fuqaroviy me’yorlar va qonunlar bilan tartibga solinadi. Bunday me’yor va qonunlar masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroviy Kodeksida jamlangan.

Sudlar. Fuqaroviy sud ishlarini yuritishda qamoq yoki surgunga yuborish shaklidagi jazolar yo‘q. Bu yerda, odatda, jazo sifatida noqonuniy olingan mulk yoki foydani olib qo‘yish, shuningdek, turli xildagi jarimalar qo‘llaniladi.

Hakamlik sudlari. Ular xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keluvchi nizolarni hal qilish uchun tuzilgan.

Iqtisodiy erkinliklar va xo‘jalik hayoti qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiluvi davlat idoralari. Ular qatoriga, eng avvalo, qonunlarning to‘g‘ri ijro qilinishi ustidan nazorat qiluvchi prokuratura kiradi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin