Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish siyosati va davlatning bozor tizimi ishiga aralashuv shakllari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə96/174
tarix02.01.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#42794
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish siyosati va davlatning bozor tizimi ishiga aralashuv shakllari




Davlatning eng muhim vazifasi – bozorning zaifligi (takomillashmaganligi) kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish.

Bozorning monopoliyalashtirishga qarshilik ko‘rsatish va raqobatni himoya qilish uchun davlat:

 ular asosida monopoliyalashtirishda qo‘lga tushgan fikrlarni aniqlash va jazolash mumkin bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

 bozordagi voqyealarning rivojlanishini kuzatib boruvchi va ularni monopoliyalashtirish holatlarini aniqlovchi tashkilotlarni tuzadi. Bu ishlar bilan monopoliyaga qarshi davlat qo‘mitasi shug‘ullanadi;

 bozorlarni monopoliyalashtirishga qarshilik ko‘rsatuvchi yoki uni buzib yuboradigan yangi firmalarni tuzishga yordam beradi. Bu ish bilan kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘mita shug‘ullanadi.



Tijorat asosida yaratish mumkin bo‘lmagan ijtimoiy ne’matlarni yaratish uchun davlat:

 fuqarolar va firmalarning mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi qonunlar tizimini shakllantiradi;

 qonunlarni hayotga tatbiq qilishni va ularni buzganlarni jazolanishini ta’minlovchi tashkilotlarni tuzadi;

 ijtimoiy ne’matlarni yaratish bo‘yicha ixtisoslashgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.



TashqI samara paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muammolarni tartibga solish bo‘yicha vazifani bajara borib, davlat:

 tashqi salbiy samaralarni vujudga kelishi bilan bog‘liq nizolarni bir tarzda hal qilish imkonini beradigan qonunlar tizimini (masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonunlarni) shakllantirish;

 tashqi salbiy samaralarning yuzaga kelishi holatlarini kuzatib boruvchi va qonunlarda ko‘zda tutilgan choralarni tezkorlik bilan qo‘llaydigan tashkilotlarni tuzadi;

 tashqi salbiy samaralarni qisqartirish bo‘yicha faoliyatni rag‘batlantiradi.



Daromadlar va boyliklarning noteng tarqalganini yumshatish maqsadlarida davlat:

 daromadlardan progressiv soliq olish tizimi;

 fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lgan mol-mulkka yoki ular meros sifatida olgan mulkka soliq solish mexanizmni;

 eng kambag‘al fuqarolarga eng boy fuqarolarga soliq solishdan to‘plangan mablag‘lar hisobidan ijtimoiy transfert (nafaqalar) to‘plash tizimini yaratadi va amalga oshiradi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin