Davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi sabablari
Iqtisodiy nazariyaning uzoq rivojlanishi natijalarini ikkita oddiy xulosaga jamlash mumkin:
bozor asosiy, muhim iqtisodiy muammolarni hal qilishga qodir;
bozor jamiyat uchun muhim bo‘lgan bir qator vazifalarni hal qilishga qodir emas.
Bozorning zaifligining sababi shundaki, real hayotda hech qachon jamiyatning bosh iqtisodiy muammolarini hal qilish imkonini beruvchi hamma shartlarga rioya qilishga muvaffaq bo‘linavermaydi.
Jamiyatning Iqtisodiy muammolari:
narxlarni belgilashga sotuvchilardan yoki xaridorlardan hech qaysi bozorning boshqa ishtirokchilariga qaraganda ko‘proq darajada ta’sir qilish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak;
bir tomondan sotuvchilar o‘rtasida, boshqa tomondan esa xaridorlar orasida o‘zlari uchun imtiyozli shartlar asosida bitishuv tutishga erishish uchun til biriktirish bo‘lmasligi kerak;
bozorning hamma ishtirokchilari bozordagi ahvol to‘g‘risida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak;
davlat yoki jamoat tashkilotlari siyosiy yoki diniy sabablarga ko‘ra, bozorning ishiga aralashmasliklari lozim.
Xo‘jalik hayotining ishtirokchilari har doim ham bu shartlarga rioya qilavermaydilar va ana shunda davlatning aralashuviga zarurat tug‘iladi. Davlat o‘z zimmasiga bir nechta vazifani bajarishni oladi:
Bozorning zaifligini yuzaga keltiradigan oqibatlarni bartaraf etish;
daromadlar va boyliklar o‘rtasidagi tengsizlikni ularni qisman qayta taqsimlash hisobiga yumshatish.
Bozorning (takomillashmaganining) zaifligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- bozorni monopollashtirish imkoniyati;
- ijtimoiy ne’matlarni tijorat asosida yaratishning qiyinligi;
- tashqi samaraning yoki tashqi xarajatlarning yuzaga kelishi.
Dostları ilə paylaş: |