5
Klassik siyosiy iqtisod
boylik sifatida odamlarning ishlab chiqarish
faoliyatini tan oladi. To‘g‘ri, fiziokratlar birgina tarmoq – boylik tabiiy
yo‘llar bilan, tabiatning in’omi sifatida ko‘riladigan qishloq xo‘jalik
bilan
cheklab qo‘ygan edilar.
Bu yerda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotning ko‘paytirilishi, sof
foyda olinishi bilan qoplanadi. Daromad hosilining umumiy summasidagi
ishlab chiqarish xarajatlarini ayrib tashlash bilan hisoblab chiqariladi.
Biroq vaqt o‘tishi bilan fiziokratni qarashlarning bir yoqlama ekanligi
bilinib qoldi. Fiziokratlar jamiyati boyligining o‘sishini faqat yerning tabiiy
unumdorligi bilangina bog‘lar edilar va shunga asoslanib,
sanoatni daro-
madlarni ko‘paytiruvchi tarmoq deb hisoblamas edilar.
Millat boyligining tashkil topishi va o‘sishi masalalari bo‘yicha savol-
larga eng asosli javoblarni klassik maktab vakillari – ingliz iqtisodchilari
Uilyam Petti (1623-1687 y.y.), Adam Smit (1723-1790 y.y.), David Rikardo
(1772-1823 y.y.)lar berishdi.
Bu iqtisodchilarning asosiy (bosh) xizmati shundaki, ular o‘z
ta’limotlarida shuni aniqlab berdilarki,
butun millatning boyligi moddiy ish-
lab chiqarishning hamma tarmoqlarida vujudga keltiriladi. Boylikning
o‘sishi ishlab chiqarishga dastavval (pul, tovarlar shaklida) sarflangan
qiymatlar mehnat jarayonida qo‘shimcha kattalik (foydaga yoki qo‘shimcha
qiymat)ga o‘sib o‘tgandagina ro‘y beradi.
Iqtisodiy nazariyaning pirovard natijasida haqiqatan ham tom ma’nodagi
fanga aylanishiga imkon bergan tamoyil jihatdan muhim bo‘lgan kashfiyot ma-
na shu tarzda qilingan edi.
Qiymatning mehnat nazariyasini
asoslangan ingliz klassik siyosiy iqti-
sodchilari kapitalistik iqtisodiyotni mana shu nazariyadan kelib chiqib
o‘rganolmadilar.
Bu ishni Karl Marks (1818-1883 y.y.) oxiriga yetkazdi. K. Marksning
bosh xizmati
qo‘shimcha qiymat nazariyasining
yaratilishi bo‘ldi. K.Marks
kapitalistik ishlab chiqarish qandoq va qaysi
shart-sharoitlarda vujudga
kelishi, u qaysi yo‘nalishda rivojlanishini aniqladi.
Hozirgi kunlarda jahon iqtisodiy fanining ilmiy darajasi sezilarli rav-
ishda o‘sdi. 1969 yildan boshlab Shvetsiya fanlar akademiyasi ushbu so-
hadagi faoliyat uchun har yili Nobel mukofoti bilan taqdirlamoqda.
Iqtisodiy ilim biznes uchun amaliy ahamiyatga ega va ishchilik ja-
miyatining taraqqiyoti uchun yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: