Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Mikroiqtisodiyot
– bu ishlab chiqarishning oldi-sotdining, kredit va 
hokazolarning variantlarini tanlash bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot 
subyektlarining o‘zlarini tutishlarini o‘rganishdir. 
Mikroiqtisodiyot subyektlarning iqtisodiy tanlovini belgilovchi omillar-
ni va bu omillardagi o‘zgarishlarni bozor almashinuvlar orqali o‘zaro ham-
korlik qiluvchi har xil odamlarning qarorlariga ta’sirini o‘rganadi. 
Makroiqtisodiyot
– bir butun xo‘jalik tizimining harakatini o‘rganadi. 
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy boshqotirmaning alohida bo‘laklarini ko‘rib 
chiqqan vaqtda makroiqtisodiyot butun tasvirda to‘laligicha diqqatni jam qi-
lishga intiladi. Makroiqtisodiyot xususiy qarorlarning bir butun olganda 
xo‘jalik yuritish sohasiga umumiy ta’sirini o‘rganadi. Bu ta’sir narxlarning 
o‘rtacha milliy darajasida ishlab chiqarishning hajmida, bandlik darajasida 
va boshqalarda aks etadi. Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, bandlikning
mehnat unumdorligining, mahalliy yoki segmentlangan bozorlar (masalan, 
oziq-ovqat bozori)dagi narxlarning darajasini aniqlash bilan shug‘ullanadi. 
 
 



TALABLAR VA RESURSLAR 
Iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari va tanlash 
muammosi.
Iqtisodiyotda resursiy cheklanganlik. 
Odamlar yashashlari uchun oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa 
ko‘pgina narsalar kerak. Hozirgi zamon kishisini buyumlar olami 4 million-
ga yaqin pozitsiyadan iborat va u doimo muttasil bormoqda. 
Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish imkoniyatlari qo‘llanilayotgan 
resurslarning kamyobligi uchun limitlangan. Buning ustiga jamiyat 
rivojlanib borgan sari, barcha iqtisodiy resurslarning cheklanganligi 
saqlanib qoladi, hatto kuchayadi. Bu faqatgina qayta tiklanmaydigan tabiiy 
resurslarning tugab borayotganligi bilangina emas, balki, iste’molning ish-
lab chiqarishni rivojlantirish uchun muttasil ravishda impuls (turtki) berishi, 
ya’ni tovar va xizmatlarning yangi turlari yaratilishi, ularning sifat 
xususiyatlarining o‘zgarishi, bu esa iste’molchilarning iste’mol va investit-
siya tovarlarga bo‘lgan talablarini o‘stirish bilan taqozo etiladi, izohlanadi. 
Va har gal jamiyat bor bo‘lgan resurslar bilan bu ne’matlarning qaysilarini 
va qanday miqyoslarda ishlab chiqarish masalasini hal qilishga majbur 
bo‘ladi. 
Misolni ko‘rib chiqamiz: 
Imkoniyatlar 
Iste’mol tovarlari 
Investitsion tovarlar 


15 


14 


12 











10 
















Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin