76
Transfert (o‘tkaziluvchi) to‘lovlar
Ular pulni ayrim oilalarga va firmalarga subsidiyalar (grantlar) shaklida
o‘tkazib, berish demakdir. Bular: ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, onalarga bo-
lalar uchun beriladigan to‘lovlar, investitsiya subsidiyalaridir.
Ularni olgan
oila va firmalar bu pullarni sarflaydilar.
Daromdlarni shakllantirish
Daromadlarni shakllantirish soddalashtirilgan
holda quyidagi tarzda
tasavvur qilish, ko‘rsatish mumkin:
+
+
mehnat faoliyatidan tushgan daromad (ish haqi) tadbirkor-
lik faoliyatidan tushgan daromad (foyda) mulkdan tushgan
daromad (renta)
=
-
omiliy daromadlar (yoki omillar daromadlari)
ijtimoiy sektor (davlat)dan transport to‘lovlari
=
-
yalpi daromadlar
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
-
ixtiyorida bo‘lgan (sof) daromad
Davlat xarajatlari mamlakatning iqtisodiyot
sohasidagi xarajatlari
yig‘indisining katta foizini tashkil qiladi. Bu mamlakatning davlat xa-
rajatlarining har qanday o‘zgarishi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talablarda
bo‘lganidek, xuddi shuningdek, bandlik darajasi ham jiddiy aks etishini bild-
iradi. Shuning uchun davlat tovarlar va xizmatlarga umumiy talabni oshirish
yoki kamaytirish uchun o‘z
xarajatlarini erkin, o‘z xohishiga ko‘ra,
o‘zgartirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: