Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Iqtisodiyot vazirligi
respublikani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning 
konsepsiyalarini va qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bashoratlarini, 
shuningdek, yirik iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni iqtisodiyotning 
moddiy-moliyaviy muvozanatlantirilishi, tabiiy, mehnat resurslaridan va 
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan samarali foydalanish bo‘yicha 
maqsadli dasturlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
Bu vazirlik respublika idoralari, vazirliklari, muassasalari, konsernlari, 
uyushmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hukumati, hokimliklar, 
korxonalar tashkilotlarning respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish 
parametrlarini bashorat qilish va belgilash sohasidagi faoliyatlarini mu-
vofiqlashtirishni amalga oshiradi. 


100 
Iqtisodiyot vazirligi vazifalariga respublika aholisining moddiy fa-
rovonligini, uning kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish-
ni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni asoslash; xalqning turmush darajasini 
ko‘tarish yo‘llari va yo‘nalishlarini bashorat qilishni amalga oshirish kiradi. 
Bundan tashqari, bu vazirlik bozor iqtisodiyotini shakllantirish ja-
rayonini tahliliy-bashorat baholashni amalga oshiradi, iqtisodiyotni tuzil-
maviy qayta qurish bo‘yicha va investitsiya siyosati yuzasidan ishlab 
chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasini, 
viloyatlar, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar 
tayyorlaydi. 
Mazkur vazirlik hal qiladigan muhim masala xorijiy mamlakatlar bilan 
iqtisodiy hamkorlikning yo‘nalish-larini aniqlash, o‘zaro foydali tashqi iqti-
sodiy savdo va ilmiy-texnik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, xorijiy 
investitsiyalardan samarali foydalanishdir. 
Bu vazirlik milliy raqamlar (hisoblar) tizimining metodologiyasini va 
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti tarmoqlarining balansini ishlab 
chiqishni amalga oshirish lozim. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin