Kurs ishining vazifalari.
Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi:
- jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar;
- maorif;
- sog’liqni saqlash,
- mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik,
- aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni o`rganish
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 34 betdan iborat.
Ma’lumki, jahon mamlakatlari iqtisodiyoti hali hanuz 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz hamda COVID-19 pandemiyasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etish hamda barqaror o’sish sur’atini saqlab qolishga intilayotgan bir davrda Respublikamizda ham bu vaziyatdan kam talofat ko’rgan holda chiqish bosh maqsad bo’lib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning bosh vazifasi bo’lib, makroiqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarishning izchil va mutanosib o’sishi sur’atlarini taminlash, jalb etilayotgan investetsiyalarni ko’paytirish hisobidan tarkibiy o’zgarishlarni qat’iy davom ettirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash hisoblanadi. Oldimizga qo’yilgan bosh vazifani amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlarining asosiylari byudjet siyosatini yanada erkinlashtirish, aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlashdan va rivojlantirishni rag’batlantirishdan iborat. Bоzоr iqtisоdiyоti shаrоitidа dаvlаtning ijtimоiy – iqtisоdiy vаzifаlаrini о’z vаqtidа tо’liq vа ijоbiy hаl еtish mа’lum mоliyаviy аsоsni tаlаb еtаdiki, аynаn ushbu аsоsning mаrkаziy bо’g’inini dаvlаt budjеti dаrоmаdlаri tаshkil еtаdi. Dаvlаt mоliyаsini sоg’lоmlаshtirish dаvlаt budjеti dаrоmаdlаrining bаrqаrоrligini, ulаrni shаkillаntirish mаnbаlаri mukаmmаl nisbаtini vа butligini tа’minlаsh О’zbеkistоn Rеspublikаsidа аmаlgа оshirilаyоtgаn institutsiоnаl islоxоtlаrni hоzirgi bоsqichidа yаnаdа muhim аhаmiyаt kаsb еtmоqdа.
Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida izchil islohotlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hisobiga yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Ushbu keng ko’lamli islohotlarni amalgaoshirish va pirovard natijada erishilayotgan natijalarni ta’minlashda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini tartibga solish va optimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev mamlakatimizni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2020-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3foizini tashkil etdi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari va yurtimizda pandemiya sharoitida sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirish e’tiborimiz markazida bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi”.
Demak, byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida markaziy bo’g’inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlamining manfaatlarini o’zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |