Iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə8/12
tarix17.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#156581
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida davlat byudjeti tarkibini takomillashtirish yo`llari kurs ishi

3- rasm. Dаvlаt byudjеti daromadlar strukturаsi5
2021-yilda iqtisodiy faollikning tiklanishi, iqtisodiyotning oʻsishi hamda soliq siyosatidagi oʻzgarishlar hisobiga daromadlarning barcha turlari boʻyicha (yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa soliqlardan tashqari) oʻsish prognoz qilinmoqda. Jumladan, 2021 yilda davlat Byudjeti daromadlar 147,2 trln.so’mni xarajatlar esa 149,9 trln.so’mni tashkil etishi prognoz qilingan holda konsolidatsiyalashgan Byudjet defitsiti 37,5 trillion so’mni, yoki YaIMga nisbatan 5,4 foizda bo’lishi kutilmoqda.
4-rаsm. Yirik soliq to’lovchilarning O’zbekiston Respublikasi Byudjet tushumidagi ulushi6.

2021 yilgi konsolidasiyalashgan byudjeti xarajatlari 215 945,2 mlrd so‘mni yoki YaIMga nisbatan 31,9 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti xarajatlari 149 681,6 mlrd so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan 15 896,4 mlrd so‘m transfertlardan tashqari), davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 40 740,0 mlrd so‘mni hamda ‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 13 423,6 mlrd so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjetidan maqsadli jamg‘armalarga o‘tkazib beriladigan 15 896,4 mlrd so‘m miqdoridagi transfertlar alohida ko‘rsatilgan va Qonun Loyihasida keltirilgan.


Mamlakatimiz iqtisodiyoti ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Xususan, 2018 yilda 43,0 trln.so’m yoki jami xarajatlarning 54,8 foizi aynan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun yo’naltirildi, shuningdek 2019 yilda 58 trln.so’mdan ortiq yoki jami xarajatlarning 54,2 foizi ushbu sohalarga ajratildi. 2020 yilda ham davlat Byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha ustuvorlik kasb etmoqda(YaIMga nisbatan 51 foiz, yoki 66 trln. so’m). Quyida siz 2021 yil uchun prognoz qilingan ijtimoiy xarajatlar tarkibini ko’rishingiz mumkin.
6-rasm. Ijtimoiy xarajatlar tuzilmasi, 2021 yil mlrd.so'mda.7
Davlat Byudjetidan 2021 yilda deyarli 86,6 trln.so’mdan ortiq yoki jami xarajatlarning 52 foizi ijtimoiy sohaga yo’naltiriladi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida ta’lim sohasiga yo’naltirilgan mablag’lar eng katta ulushga ega bo’lib, 34,5 trln.so’m yoki Davlat Byudjeti xarajatlarining 20,8 foizi hamda YaIMning 5 foizini tashkil etadi. Sog’liqni saqlash sohasiga 19,6 trln.so’m hamda nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to’lovlari uchun 10,2 trln.so’m yo’naltirilishi belgilangan. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi taqchilligini qoplash uchun Byudjetdan 14,7 trln.so’m mab’lag’ ajratilganini ko’rishimiz mumkin.
2021 yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining xarajatlarini shakllantirish hisob-kitoblari tahlil qilinganda, byudjet loyihasi quyidagi usulda:
2020 yil va undan oldingi yillarda tasdiqlangan hamda 2020 yilda yakuniga yetkazilgan dasturlarni xarajatlar tarkibidan chiqarish; 2020 yil davomida xarajatlar strukturasida bo‘lgan o‘zgarishlar sohalar o‘zgarishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlar)ni hisobga olish; 2020 yil byudjetida mebel' va ofis jihozlari uchun 257,2 mlrd so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil loyihasida ushbu miqdor 10 foizga ko‘paytirilib 282,9 mlrd so‘m rejalashtirilgan.
Xuddi shuningdek, avtotransport vositalarini (maxsus texnikadan tashqari) sotib olish uchun 2020 yil byudjetida 319,1 mlrd so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yil loyihasida ushbu miqdor 10 foizga ko‘paytirilib 351 mlrd so‘m rejalashtirilgan. Qonun loyihasining 1-ilovasi bilan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidasiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2022–2023 yillarga byudjet mo‘ljallari ma'lumot uchun qabul qilinishi belgilangan. Unga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165 578 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Qonun loyihasining 5-ilovasiga asosan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 135 629,4 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, 10 411,8 mlrd.so‘mi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar).
Qonun loyihasining 6-ilovasiga asosan 2021 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining xarajatlari prognozlari 40 057,8 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar 595,8 mlrd.so‘mni tashkil etadi).
Tahlil natijasida, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, qonunning 1-ilovasidagi davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilganligi aniqlandi


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin