Iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 121,41 Kb.
səhifə16/17
tarix23.09.2022
ölçüsü121,41 Kb.
#63992
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Ergashev Sunnatillo kurs ishi

Bandlik. 2017 yilning yanvar-iyunida respublikada ish bilan bandlar soni 13191,5 ming kishini tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan. Jami ish bilan bandlar tarkibida davlat sektorida bandlar ulushi 18,2 foizni (2016 yilda 18,4 foizni tashkil etgan), nodavlat sektorida 81,8 foizni (81,6 foiz) tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlar ulushi 2017 yilning yanvar-iyun davrida 77,7 foizgacha (2016 yilda 77,3 foizni tashkil etgan) o`sgan.
Ish bilan bandlar soni quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha sezilarli darajada o`sgan, ya`ni tashish va saqlashda (3,8 foizga), yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda (3,7 foizga), axborot va aloqada (3,4 foizga), qurilishda (3,3 foizga) va savdoda(2.8foizga). Iqtisodiy faoliyat turlarida ish bilan bandlar ulushi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida 27,0 foizni, sanoatda 13,6 foizni, savdoda 10,4 foizni, qurilishda 9,4 foizni, ta`limda 8,4 foizni tashkil etgan.
Ish bilan bandlar sonining iqtisodiy faol aholi sonidagi ulushi 94,8 foizni, mos ravishda respublikada ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etgan.



XULOSA
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta'minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur xollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta'minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta'minlash demakdir.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta'siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya'ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin.
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanar ekan. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma'lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linishini ko'rdik.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Chunki, friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishi tabiiy hisoblanadi, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagigina ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb atalar ekan.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta'sirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YAIMning potensial YAIMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YAIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday ishlab chiqarish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki, unda ishtirok etayotgan barcha ishlab chiqarish omillari – mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi hamda ishlab chiqarishning boshqa sharoitlari o‘z tavsifiga ko‘ra ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan esa, ushbu stanok vositasida yaratilayotgan mahsulot ham aniq bir kishining emas, balki bir-birlari bilan ishlab chiqarish aloqalari orqali bog‘langan kishilar guruhi mehnatining natijasidir.
Shuningdek, mazkur mahsulotning bozor sharoitida hali noma'lum bo‘lgan iste'molchi uchun ishlab chiqarilishining o‘zi ham mazkur jarayonning ijtimoiy tavsifini namoyon etadi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta'kidlash mumkinki, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ixtisoslashuv, fan-texnika taraqqiyotining kuchayishi kabi jihatlar ishlab chiqarishning ijtimoiy tavsifini kuchaytiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitida uning omillariga ham xuddi shunday nuqtai nazardan yondashish zarurati paydo bo‘ladi.

Yüklə 121,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin